Rahbariyat 
Vakolati doirasida:
- Yig‘ma-axborot tahlil boshqarmasi
- Matbuot xizmati
- Moliya-iqtisod boshqarmasi
- Buxgalteriya boʼlimi
- Kadrlar bo‘limi
- Ichki audit va nazorat boʼlimi
- Ijro intizomi boʼlimi
- Xoʼjalik va texnik xizmat koʼrsatish boshqarmasi
MEHNAT FAOLIYATI
Vahobov Davron Abdujalolovich 1980-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, ma'lumoti oliy. 2001-yilda Toshkent kimyo-texnologiya institutini tamomlagan; 2003-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan; 2007 yilda Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2001-yilda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining Kadrlarni qayta tayyorlash markazida boshlagan.
2002-2004 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi “O‘zbekekspertiza” AJ Tovarlarni sertifikatlashtirish bo‘limi mutaxassisi;
2004-2015 yy. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi “Oʻzbekekspertiza” AJ Sergeli filiali boshligʻi.
2015-2016 yillarda “Agroprom terminal” MChJ direktori o‘rinbosari
2016-2018 “Oq Saroy tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyati Modernizatsiya va dizayn bo‘limi boshlig‘i
2019 - hozirga qadar - “Oq saroy tekstil” MChJ direktorining modernizatsiya va dizayn bo‘yicha o‘rinbosari (Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani)
2020 - hozirga qadar - “Oq Saroy Klaster” MChJ direktori maslahatchisi (Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumani)
2020 – 2022 – “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari ishlab kelgan.
2022 yildan hozirgacha O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi, hamda Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti rektori lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Vahobov Davron Abdujalolovich 2020 yilda “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.
Vakolati doirasida:
- Tadbirkorlik subʼektlarining huquqlarini himoya qilish boshqarmasi
- Qonunchilik hujjatlarining tadbirkorlik faoliyatiga taʼsirini baholash boshqarmasi
- Tadbirkorlik sohasida huquqbuzarlik va korruptsiya profilaktikasi hamda jamoatchilik nazorati boshqarmasi
- Yuridik byuro
Jasimov Islam Kazimovich 1957 yil Toshkent viloyatida tug‘ilgan, ma'lumoti oliy, 1982 yil Toshkent davlat universitetinining huquqshunos fakultetini tamomlagan.
Ish faoliyatini 1982 yilda “Trud” korxonasi huquqshunosi lavozimida boshlagan.
1986-1987 yilda Toshkent shahar Shayxontohur tumani prokurorining yordamchisi.
1987-1987 yilda Toshkent shahar prokurorining yordamchisi.
1987-1989 yilda Toshkent shahar prokurorining voyaga yetmaganlar haqidagi qonunlarni ijrosi ustidan nazorat bo‘yicha yordamchisi, bo‘lim prokurori.
1989-1998 yilda O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi umumiy nazorat boshqarmasi prokurori, katta prokurori, boshliq o‘rinbosari, boshliq vazifasini vaqtincha bajaruvchi.
1998-2005 yilda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi sudlarda fuqarolik ishlari ko‘rilishida prokuror vakolatini ta'minlash bo‘limi boshlig‘i.
2005-2006 yilda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi sudlarda jinoyat ishlari ko‘rilishida prokuror vakolatini ta'minlash boshqarmasi boshlig‘i.
2006-2014 yilda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i.
2014-2017 yilda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Qonunchilik ijrosi ustidan nazorat Bosh boshqarmasi tarkibidagi davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari hamda joylardagi ijro hokimiyati organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i.
2017-2017 yilda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi iqtisodiy qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
2017 yildan hozirgi kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Djasimov Islam Kazimovich 1993 yilda “O‘zbekiston Respublikasi Faxriy yorlig‘i”, 2001 yilda – “Shuhrat” medali, 2017 yilda – “Do‘stlik” ordeni, 2020 yilda – Qonun ustuvorligini mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun “MDHga a'zo davlatlar Bosh prokurorlari muvofiqlashtiruvchi kengashning 25 yilligi” medali bilan taqdirlangan.
Vakolati doirasida:
- Sanoat tarmoqlari va maxsus iqtisodiy hududlarda tadbirkorlikka koʼmaklashish boshqarmasi
- Qishloq xoʼjaligi sohasida tadbirkorlikka koʼmaklashish boshqarmasi
- Qoʼmitalar faoliyatini muvofiqlashtirish boʼlimi
MEHNAT FAOLIYATI
Vakolati doirasida:
- Hududiy tuzilmalar faoliyatini muvofiqlashtirish va xizmatlar koʼrsatishni tashkil qilish boshqarmasi
- Tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish boʼyicha dasturlar bilan ishlash boshqarmasi
- Palata aʼzolari hisobini yuritish va monitoring qilish boshqarmasi
MEHNAT FAOLIYATI
Jamshid Oʼroqov 1972 yili Samarqand shahrida tugʼilgan, iqtisod fanlari nomzodi.
1989-1993 yy. - Samarqand kooperativ instituti talabasi
1993-1993 yy. - Samarqand shahar "Garzay-Mehnat-Samarqand" LTD qo‘shma korxonasi savdo do‘koni mudiri
1994-1996 yy. - Samarqand shahar Temiryo‘l deqqon bozori statisti
1998-2001 yy. - Samarqand viloyati hokimligi moliya boshqarmasi ijtimoiy-madaniy tadbirlarni moliyalashtirish bo‘limi 1-toifali iqtisodchisi
2001-2002 yy. - Bank-Moliya akademiyasi tinglovchisi
2002-2003 yy. - Samarqand viloyati hokimligi moliya boshqarmasi ijtimoiy-madaniy tadbirlarni moliyalashtirish bo‘limi 1-toifali iqtisodchisi
2003-2005 yy. - Samarqand viloyati hokimligi moliya boshqarmasi boshqaruv organlarini moliyalashtirish bo‘limi boshlig‘i
2005-2009 yy. - Samarqand shahar hokimligi Moliya bo‘limi mudiri
2009-2009 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi metodologiya, moliyaviy resurslar va hisoblarni boshqarish boshqarmasining Moliyaviy resurslarni boshqarish bo‘limi boshlig‘i
2009-2014 yy. - Samarqand shahar hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
2014-2015 yy. - Samarqand davlat universiteti dotsenti
2015-2017 yy. - O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i
2017-2019 yy. - O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Raisi o‘rinbosari
2019-2020 yy. - Samarqand viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari
2020-2022 yy. - Samarqand viloyati hokimining moliya iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari - viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i
2022 yildan hozirgi kunga qadar O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Vakolati doirasida:
- Хalqaro hamkorlik boshqarmasi
- Tashqi savdo, standartlashtirish va sertifikatsiyalashga koʼmaklashish boshqarmasi
- Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik qilish boshqarmasi
MEHNAT FAOLIYATI
Vakolati doirasida:
- Yuriskonsult
- Kadrlar bo'yicha mutaxassis
- Ishlar boshqarmasi
- Buxgalteriya
- Ijro intizomi nazorati bo'yicha mutaxassis
- Axborot xizmati
MEHNAT FAOLIYATI
O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi-Savdo-sanoat palatasi raisining o‘rinbosari
1972 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, ma'lumoti oliy, 1996 yilda Toshkent davlat aviatsiya institutini tamomlagan.
Ish faoliyatini 1992 yilda Ekosan” halkaro jamg‘armasi Yakkasaroy tuman bo‘limi boshlig‘i lavozimida boshlagan
1995-1997 yilda -Toshkent shahar hokimi o‘rinbosarining yordamchisi
1997-1998 yilda -Toshkent shahar hokimi Maxkamasi tuzilmasining o‘zgartirilishi munosabati bilan hokimning kurilish, uy-joy va kommunikasiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati bosh mutaxassisi
1998-2001 yilda O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Vazir yordamchisi
2001-2003 yilda Toshkent shahar hokimining ijtimoyi masalalar bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyatining mudiri
2003-2007 yilda Shayhontoxur tuman hokimning o‘rinbosari
2007-2010 yilda“Ko‘prik-kurilish servis” MChJ raxbari
2010-2011 yilda O‘zbekiston Savdo-sanoat Palatasi Toshkent shahar xududiy boshqarmasining bo‘lim boshlig‘i
2012-2012 yildaO‘zbekiston Savdo-sanoat Palatasi Toshkent shahar xududiy boshqarmasining boshlig‘i o‘rinbosari
2012-2014 yilda O‘zbekiston Savdo-sanoat Palatasi Toshkent shahar xududiy boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi
2014-2018 yilda O‘zbekiston Savdo-sanoat Palatasi Toshkent shahar xududiy boshqarmasining boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
2018 yildan hozirgi kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi-Savdo-sanoat palatasi raisining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Daromad va
imkoniyatlar

Ishonch telefonlarining xizmatini baholang
O'tish