29.11.20

Konsultativ va moliyaviy qoʼllab-quvvatlash yoʼli bilan kichik korxonalarga koʼmaklashish dasturi o’z faoliyatini boshladi

23.11.20

2021 yil 1 apreldan qanday imtiyozlar bekor qilinadi

19.11.20

Nukusda muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlik subyektlari va yoshlar o‘rtasida uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

18.11.20

Jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

17.11.20

O‘zbekiston-Eron palatalari rahbarlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

SSP haqida

Hurmatli tadbirkorlar!

Sizni O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining saytida olqishlash biz uchun ulkan sharaf.

Hozirda O‘zbekiston Respublikasida maqsadga yo‘naltirilgan, chuqur o‘ylangan siyosat yuritilib, uning asosiy ustuvorligi mulkdorlar sinfini shakllantirish, har qanday bozor iqtisodiyotini harakatga keltiruvchi kuch sanalgan xususiy sektorni samarali va jadal rivojlantirish uchun maksimal qulay sharoitlar yaratishdan iborat.

Mazkur vazifalarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi muhim ahamiyat kasb etadi. Palata ham kichik, ham yirik biznes subektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jadal faoliyat olib boradi.

Fahr bilan qayd etishni istardikki, a’zolarimiz orasida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, «AsakaBank» aktsiyadorlik tijorat banki, «O‘ZSANOATQURILIShBANK» OATB, «Agrobank» OATB, «Kapitalbank» OATB, «Qishloqqurilishbank» OATB, «Ipak Yo‘li» bank, «Dori Darmon» AK, «Doyche Kabelь» va «Alutex» MChJ, «Nestle» MChJ qo‘shma korxonalari, Respublika Universal Agrosanoat Birjasi, «E’tiqod» MChJ, «O‘zbektelekom» AK, «O‘zsanoatmashimpeks» DAK, «O‘zmarkazimpeks» DATK, «O‘zagrosug‘urta» OAJ, «Ipak Yo‘li Turizm Invest» MChJ QK, «Qishloq qurilish invest» XK va rivojlanish hamda mukammallikka intilayotgan boshqa ko‘mpaniyalar mavjud.

Mamnuniyat bilan aytish joizki, Savdo-sanoat palatasining saflari kundan-kunga kengayib, bu a’zolarimiz oldidagi mas’uliyatimizni yanada oshiradi. Bugun Palata ishbilarmonlik hamjamiyati vakillari va chet ellik investorlar istalgan vaqt O‘zbekistonning istalgan nuqtasida Palata va uning bo‘linmalari mutaxassislarining tezkor, savodli yordamiga ega bo‘lishi uchun taqdim etilayotgan xizmatlar ko‘lamini kengaytirish va sifatini oshirish ustida jadal ish olib bormoqda.

Savdo-sanoat palatasining sayti Palataning o‘z a’zolari – tadbirkorlik subektlari, shuningdek, xorijiy hamkorlari bilan muntazam aloqani qo‘llab-quvvatlab turish vositalaridan biri sifatida xizmat qiladi. Bu erda Siz tadbirkorlik faoliyatining turli jihatlariga tegishli har qanday savol berishingiz, respublika va xorijdagi biznes-sohada yuz berayotgan so‘nggi voqealar bilan tanishish, tadbirkorlik sohasidagi qonuniy-me’yoriy hujjatlar haqida ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.  Umid qilamizki, Siz bu erda kelgusi ishlaringiz uchun foyda keltiradigan ko‘plab qiziq ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.

Xulosa o‘rnida saytimizning barcha tashrif buyuruvchilariga salomatlik, osoyishtalik va bizneslarida omad tilab qolamiz. Biz doim Siz bilanmiz.

E’tiboringiz uchun rahmat.
 

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06
Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x