26.02.21

Intellektual mulk himoyasi tizimidagi yangiliklar

26.02.21

Jamoatchilik ekspertizasi oʼtkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

26.02.21

SSP tomonidan Xiva shahrida investitsion loyihalarning amalga oshirilish jarayoni oʼrganildi.

25.02.21

Italiyaning Oʼzbekistondagi Favqulodda va muhtor elchisi Аgostino Pinna Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi.

25.02.21

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) tomonidan oʼzbekistonda kichik biznesning eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari boʼyicha vebinar tashkil etildi.

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

XORIJIY INVESTITSIYALAR VA KREDITLARNI JALB ETISH HAMDA O‘ZLASHTIRISH JARAYONINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008 y., 29-30-son, 282-modda; 2009 y., 42-son, 449-modda; 2010 y., 1-2-son, 2-modda; 2012 y., 8-9-son, 78-modda; 2013 y., 36-son, 477-modda)

Xorijiy investorlar va xalqaro moliya institutlarini O‘zbekistonda yaratilgan qulay investitsiya muhiti hamda mamlakat iqtisodiyotiga investitsiya sarflashning potentsial imkoniyatlari to‘g‘risida keng xabardor qilishni tashkil etish, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash uchun xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish hamda o‘zlashtirish jarayonida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining faoliyatini aniq-puxta muvofiqlashtirishni ta’minlash maqsadida:

1. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish bo‘yicha qarorlarni ko‘rib chiqish, muhokama etish va qabul qilishda, har yilgi Investitsiya dasturlarini, shuningdek tarmoqlar va mamlakat mintaqalarini rivojlantirishning o‘rta muddatli dasturlarini tayyorlashda etakchi bo‘g‘in hisoblanadi, uning zimmasiga mazkur masalalarni hal etishda idoraviy mansubligidan qat’i nazar, barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini muvofiqlashtirish mas’uliyati yuklanadi.

2. Quyidagilar:
Xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish va o‘zlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga* muvofiq;
xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish jarayonida loyihalar tashabbuskorlari va davlat organlarining o‘zaro hamkorlik qilish Sxemasi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.

3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, boshqa vazirliklar, idoralar, davlat hamda xo‘jalik boshqaruvi organlari, mulkchilik shakli va idoraviy mansubligidan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etgan holda investitsiya loyihalarini tuzish va ko‘rib chiqishda 2-ilovaga muvofiq Sxemaga qat’iy amal qilsin.

4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi zimmasiga xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish uchun investitsiya takliflarining yagona bazasini shakllantirish, potentsial xorijiy investorlarni izlash, amalga oshirish taklif etilayotgan loyihalar to‘g‘risida ularga zarur axborotlarni etkazish, shuningdek xorijiy investorlar va kreditorlar bilan erishilgan ahdlashuvlarni rasmiylashtirishda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga ko‘maklashish vazifasi yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi yagona ma’lumotlar bazasiga kiritilgan investitsiya takliflarining amalga oshirilishi to‘g‘risida har oyda Vazirlar Mahkamasiga axborot berib borsin.

5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi bergan kafolatlar bo‘yicha majburiyatlarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash ustidan tizimli monitoring o‘rnatsin va qarorlar qabul qilish uchun har chorakda Vazirlar Mahkamasiga tegishli axborotlarni taqdim etib tursin.

6. Vazirlar Mahkamasi tarmoq Komplekslarining rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etgan holda investitsiya loyihalarini amalga oshirishning tasdiqlangan tarmoqli jadvallarini ijro etish, loyihaoldi hujjatlarini o‘z vaqtida tayyorlash va ekspertiza qilish ustidan qattiq nazorat o‘rnatsin.

7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (Sh. Mirziyoev) Investitsiya dasturiga kiritilgan xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etgan holda investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayonini Rayosat majlislarida har oy muntazam ravishda ko‘rib chiqsin.

8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2008 yil 24 iyul,

PQ-927-son

 

Daromad va
imkoniyatlar

Batafsil

Foydali havolalar

Ishonch telefonlarining xizmatini baholang

O'tish

Ishonch telefonlarining xizmatini baholang





Davom etish

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06
Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x