25.09.23

Baku shahrida Turkiy Agroforum boʻlib oʻtadi

22.09.23

Xitoy Xalq Respublikasining Jiangsu provinsiyasi gubernatori bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

22.09.23

Urganchda "Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi" bo'lib o'tmoqda

22.09.23

UzCharmExpo-Eurasia 2023

20.09.23

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida moliyaviy texnologiyalar sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Savdo-sanoat palatasida Indoneziyaning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 1 iyun kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov va Indoneziyaning O‘zbekistondagi elchisi Sunaryo Kartadinata o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

    

Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish yuzasidan fikr almashish, shuningdek, ikki davlat Savdo-sanoat palatalari o‘rtasida uchrashuv tashkil etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishdan iborat.

Ta’kidlash joizki, Indoneziya Savdo-sanoat palatasi (KADIN Indoneziya) Indoneziya tadbirkorlik palatalari va uyushmalarining quyi tashkiloti bo‘lib, 34 ta hududiy palata va 514 ta tuman bo‘limlariga ega.

KADIN Indoneziya xususiy biznes nomidan ish yuritish vakolatiga ega boʻlgan yagona umummilliy biznes tashkiloti boʻlib, vazirliklar va idoralar bilan imtiyozli munosabatlarni saqlab, xususan, barcha tegishli tarmoqlarni qamrab oladi.

Uchrashuvda Indoneziya elchisi tomonidan 2024-yilda birinchi Indoneziya-O‘zbekiston biznes-forumini, shuningdek, savdo missiyalari va ishbilarmonlik uchrashuvlarini birgalikda tashkil etish orqali o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish taklifi bildirildi.

SSP matbuot xizmati

01.06.2023

14:36

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06