27.01.23

Qirg‘iziston-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashining ikkinchi yig‘ilishi

27.01.23

Savdo-sanoat palatasida Prezident Qarori ijrosiga oid huquqiy masalalar muhokama qilindi

26.01.23

Mo‘g‘iliston va Tojikiston delegatsiyalarining Palataga tashrifi

25.01.23

Fransiya bilan o‘zaro munosabatlar mustahkamlanmoqda

24.01.23

Savdo-sanoat palatasi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Turkiyada “Oʼzbekiston Milliy pavilioni” tashkil etildi

Oʼzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi hamkorligida 2022 yil 24-27 noyabr kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida boʼlib oʼtgan «OIC HALAL EXPO 2022» koʼrgazmasi xamda "WORLD HALAL SUMMIT" xalkaro konferentsiyada “Oʼzbekiston Milliy pavilioni” tashkil etildi. 

    

Unda yurtimizning turizm salohiyatini yoritib buruvchi hamda halol mahsulotlar ishlab chiqaruvchi va yetqazib beruvchi korxonalardan iborat delegatsiya bilan ishtirok etildi.

"WORLD HALAL SUMMIT" xalkaro konferentsiya ochilishini Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Tayyip Erdogʼan tabrik soʼzi bilan ochib berdi. Turkiya moliya va xazina vaziri Nuriddin Nebati bu koʼrgazmaning axamiyati va saloxiyati haqida soʼz yuritib, bu soha vakillariga muvaffaqiyatlar tilab qoldi. 

“Oʼzbekiston Milliy pavilioni”da Аmerika, Germaniya, Saudiya arabistoni, Iroq, BАА, Malayziya, Indoneziya, Turkmaniston, Tojikiston davlatlaridan xayatlar mexmonimiz boʼlishdi. Yurtimizda yetishirilgan qishloq xoʼjalik maxsulotlariga katta qiziqish bildirishdi. Xalqaro oziq-ovqat savdosi platformalari, kompaniyalari xamkorlik uchun takliflar berishdi.

    

 «OIC HALAL EXPO 2022» koʼrgazmasida “Halqaro oshpazlar musobaqasi” ham boʼlib oʼtdi. Musobaqada xamyurtlarimiz:
- Аbu Xurayra Toʼychixoʼjaev – “Zamonaviy oshxona-goʼshtli taom va baliqli taom” nominatsiyasi boʼyicha 2 ta kumush medal;
- Elerbek Mirboboev – “Zamonaviy oshxona-goʼshtli taom” nominatsiyasi boʼyicha 1 ta kumush medal;
- Shoxruzxon Ibragimov - “Baliqli taomlar” nominatsiyasi boʼyicha 1 ta bronza medalga sazovor boʼlishdi.

         

Koʼrgazma davomida “Oʼzbekiston Milliy taomlari” stendi shirinliklarimiz, mevalar bilan bezatilib, mexmonlarga osh va somsalar tarqatildi. 

40 dan ortiq davlatdan 500 dan ortiq korxonalar ishtirok etgan ushbu koʼrgazmada 250 mingdan ortiq ziyoratchilar tashrif buyurgan ushbu koʼrgazmani kelasi yillarda Oʼzbekistonda oʼtkazish boʼyicha muzokaralar olib borildi.

SSP matbuot xizmati

28.11.2022

13:20

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06