27.01.23

Qirg‘iziston-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashining ikkinchi yig‘ilishi

27.01.23

Savdo-sanoat palatasida Prezident Qarori ijrosiga oid huquqiy masalalar muhokama qilindi

26.01.23

Mo‘g‘iliston va Tojikiston delegatsiyalarining Palataga tashrifi

25.01.23

Fransiya bilan o‘zaro munosabatlar mustahkamlanmoqda

24.01.23

Savdo-sanoat palatasi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Fransiya bilan hamkorlik yo‘nalishlarini kengaytirmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining tashrifi va Parij shahrida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tomonidan MEDEF International (Fransiya tadbirkorlar harakati) bilan hamkorlikda tashkil etilgan Fransiya-O‘zbekiston biznes-forumi doirasida, O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari ko‘magida ikki tomonlama hamkorlik to‘g‘risidagi qator shartnomalar imzolandi.

        

Fransiyaning kichik va o‘rta kompaniyalari kuchli eksportga yo‘naltirilgan yondashuv bilan ajralib turadi. Bugungi kunda Fransiya kichik va o‘rta biznes korxonalarining 32 foizi eksportyor hisoblanadi va bu borada 2015 yilda bir nechta davlat agentliklarining birlashuvi natijasida tashkil qiingan  “Business France” Agentligi asosiy o‘ringa ega.

“Business France” agentligi ko‘magida har yili Fransiyaning 40-50 ming yangi kichik korxonalari o‘z mahsulotlarini eksport qilishni boshlashadi.

Shu bois, Biznes-forum doirasida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va “Business France” Agentligi o‘rtasida Fransuz mutaxassislari tomonidan O‘zbekiston kichik korxonalarini eksport bozorlariga chiqishi bo‘yicha hamkorlikdagi o‘quvlarini tashkil etish to‘g‘risida memorandum imzolandi.

        

Bundan tashqari, biznes forum doirasida Shtab kvartirasi Parij shahrida joylashgan Xalqaro savdo palatasi (ICC) bilan bitim imzolandi.

Xalqaro savdo palatasi 1919 yilda tashkil qilingan va 100 ta mamlakatning 45 mln. korxonalarini o‘zida birlashtiradigan dunyodagi yirik xalqaro tashkilot hisoblanadi.

Imzolangan bitimda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining Xalqaro savdo palatasiga (Butunjahon palatalar federatsiyasi) qo‘shilishi, shuningdek O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi binosida Xalqaro savdo palatasining Milliy qo‘mitasini tashkil qilish nazarda tutilgan.

        

Mazkur shartnomalarning imzolanishi sarmoyaviy investitsion faoliyat uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi, bu esa o‘z navbatida o‘zaro manfaatli iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga, shuningdek, Fransiya Respublikasi bilan hamkorlikni mustahkamlashga va mamlakatlar o‘rtasida ishonchli munosabatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

SSP matbuot xizmati

23.11.2022

16:39

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06