29.11.22

“O‘zbekiston biznes hamjamiyatida halollik” II biznes forumi bo‘lib o‘tdi

28.11.22

Turkiyada “Oʼzbekiston Milliy pavilioni” tashkil etildi

28.11.22

To‘qimachilik mahsulotlarini AQSH bozoriga eksport qilish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

24.11.22

Turkiya-O‘zbekiston iqtisodiy hamkorligini yanada rivojlantirishda yangi istiqbollar

23.11.22

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Fransiya bilan hamkorlik yo‘nalishlarini kengaytirmoqda

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

O‘zbekistonda Birinchi Xalqaro franchayzing ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 4 oktabr kuni Hilton Tashkent City mehmonxonasida O‘zbekistonda Birinchi Xalqaro franchayzing ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Franchayzing uyushmasi va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etilgan.

Franchising Expo Uzbekistan ko‘rgazmasi – franchayzerlar va potensial franchayzerlar uchun muhim voqealardan biridir. Tashkilotchilarning asosiy maqsadi – O‘zbekistonda franchayzing tarmoqlarini rivojlantirish va o‘zbek brendlarini xalqaro miqyosga olib chiqib, jahon miqyosda keng tanitish imkoniyatlarini yaratishdir.

    

Ko‘rgazmaning rasmiy ochilishi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi rais o’rinbosari Jahongir Mamajanov va O‘zbekiston Franchayzing assotsiatsiyasi prezidenti Murat A’zamov ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Qolaversa, ko‘rgazma doirasida, xalqaro miqyosdagi yetakchi ma’ruzachilar, franchayzing orqali allaqachon katta daromadga erishgan muvaffaqiyatli tadbirkorlar, shuningdek, davlat idoralari, yirik franchayzing tarmoqlari va qo‘llab-quvvatlash institutlari vakillari ham ishtirok etishdi.

Tashrif buyuruvchilar birinchi qo‘l biznesining ishonchli va manfaatli franshizalari haqida ma’lumotga ega bo‘lishdi, franshizalar bozorining so‘nggi yangiliklari bilan tanishishdi.

    

Tadbirda O‘zbekistondagi franchayzing bozorining istiqbollari, Yevropa hududidagi hozirgi savdo tendensiyalari, franchayzing bozoriga kirishdagi huquqiy risklar, logistika xizmatlari franshizasi, franchayzingning afzalliklari va o‘zbek brendlarini jahon darajasiga olib chiqish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Shuningdek, ushbu ko‘rgazma franchayzerlar va franshiza xarid qiluvchilar uchun manfaatli biznes hamkorlik o‘rnatish, bank, yuridik kompaniya, marketing agentliklari uchun muvaffaqiyatli, barqaror o‘sayotgan mijozlarni topish uchun ham katta imkoniyat bo’ldi. Servis kompaniyalar esa o‘z xizmatlari, tadbirkorlar uchun mavjud sharoitlar haqida so‘zlab berishdi.

SSP matbuot xizmati

04.10.2022

14:46

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06