29.11.22

“O‘zbekiston biznes hamjamiyatida halollik” II biznes forumi bo‘lib o‘tdi

28.11.22

Turkiyada “Oʼzbekiston Milliy pavilioni” tashkil etildi

28.11.22

To‘qimachilik mahsulotlarini AQSH bozoriga eksport qilish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

24.11.22

Turkiya-O‘zbekiston iqtisodiy hamkorligini yanada rivojlantirishda yangi istiqbollar

23.11.22

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Fransiya bilan hamkorlik yo‘nalishlarini kengaytirmoqda

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Budapesht shahrida О‘zbek-Venger biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 3-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vengriyaga tashrifi arafasida Budapesht shahrida o‘zbek-venger biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Unda ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etdi.

Forumning barcha tadbirlari O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi sarmoyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillarining o‘zaro munosabatlarini har tomonlama mustahkamlashga qaratildi.

      

Forumning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev hamda Vengriya tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Peter Siyyarto ishtirok etdi.

Tadbirni ochib berar ekan, Peter Siyyarto ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishdagi ijobiy dinamikani va Vengriya hukumati ikki mamlakat uchun ustuvor yo‘nalishlarda iqtisodiy sheriklikni izchil kengaytirish tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlayotganini qayd etdi hamda Vengriya biznes vakillarini o‘zbekistonlik tadbirkorlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va mustahkamlashga chaqirdi.

O‘zbekiston tomoni mamlakatimizda biznes yuritish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar, jumladan, vizasiz rejim, valyuta siyosatini liberallashtirish, tadbirkorlik faoliyatini yanada rag‘batlantirish, investorlar huquqlarini himoya qilishni va xususiy mulk daxlsizligini ta’minlashga qaratilgan yangi Taraqqiyot strategiyasi qabul qilinganini alohida ta’kidladi.

    

Vengriyalik tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorlik bildirildi. Shu munosabat bilan Vengriya kompaniyalari uchun O‘zbekistonda alohida sanoat zonasi ajratish, mahsulotlarga eksklyuziv imtiyozlar berish va kafolatli xarid qilish, shuningdek, tashkil etilayotgan ustuvor loyihalarni moliyalashtirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan istiqbolli tashabbuslarni birgalikda amalga oshirish kabi aniq chora-tadbirlar qayd etildi.

Forum davomida venger kompaniyalariga investitsiyaviy imkoniyatlar, jumladan, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, shuningdek, elektronika va elektrotexnika, to‘qimachilik, avtomobilsozlik, kimyo va qurilish sanoati sohalari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Oʻtgan yilning aprel oyida Oʻzbekistonga GSP+ benefisiar maqomi berilgani tufayli Yevropa Ittifoqi hamda MDH bozorlariga imtiyozli chiqish imkoniyatlaridan foydalanib samarali sanoat kooperatsiyasi zanjirlarini yaratish istiqbollari vengriyalik ishlab chiqaruvchilarda katta qiziqish uygʻotdi.

Biznes-forum doirasida O‘zbekiston va Vengriyaning vazirliklari, idoralari, tarmoq birlashmalari, banklari va yetakchi kompaniyalari rahbarlari o‘rtasida “G2B” va “B2B” formatidagi uchrashuvlar ham tashkil etilib, ular davomida ishtirokchilar qo'shma korxonalar yaratish va o'zaro manfaatli savdo shartnomalarini tuzish borasidagi masalalarni atroflicha ishlab chiqishga muvaffaq bo‘ldilar.

    

Forum yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish uchun yangi istiqbollarni ochib beruvchi qator ikki tomonlama hujjatlar, investisiya bitimlari va eksport shartnomalari imzolandi. Shu qatorda Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi D.Vaxabov va Oʼzbek-Vengriya "Iqtisodiy xamkorlik" MChJ taʼsischisi Peter Neyman oʼrtasida Logistika ombori (Xab) tashkil etish boʼyicha xamkorlik Memorandumi imzolandi. 

04.10.2022

09:28

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06