29.11.22

“O‘zbekiston biznes hamjamiyatida halollik” II biznes forumi bo‘lib o‘tdi

28.11.22

Turkiyada “Oʼzbekiston Milliy pavilioni” tashkil etildi

28.11.22

To‘qimachilik mahsulotlarini AQSH bozoriga eksport qilish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

24.11.22

Turkiya-O‘zbekiston iqtisodiy hamkorligini yanada rivojlantirishda yangi istiqbollar

23.11.22

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Fransiya bilan hamkorlik yo‘nalishlarini kengaytirmoqda

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

O‘zbekiston-Tyuringiya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 30-sentabr kuni “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida O‘zbekiston-Tyuringiya ishbilarmon doiralari hamda vazirlik va idoralari ishtirokida biznes-forum hamda   «B2B» va «B2G» formatlarida ikki tomonlama uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Tyuringiya Iqtisodiy rivojlanish agentligi (LEG) va O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi hamkorligida tashkil etildi.

    

2022 yil 29-sentyabrdan 2-oktabrgacha Germaniyaning Tyuringiya federal o‘lkasi ishbilarmonlari delegatsiyasining O‘zbekistonga ilk tashrifi amalga oshirildi. Nemis delegatsiyasi tarkibiga 20ga yaqin nemis firma va kompaniyalari, ilmiy tadqiqot va taʼlim muassasalari vakillari kiritilgan.

Tyuringiya ozod o‘lka bo‘lib, (nemis tilida “Freistaat Thüringen”) Germaniyaning 16ta federal yeridan biri hisoblanadi. O‘lkada 2,1 million fuqaro yashaydi. Mintaqa yalpi ichki mahsuloti 61,5 milliard yevroni tashkil qiladi. O‘lkada sanoat (kimyo, oziq-ovqat, avtomobil, avtokomponent va turli uskunalar ishlab chiqarish), transport va logistika xizmatlari hamda ilm-fan, turli klaster va innovatsion parklar faoliyati keng rivojlangan.

    

Mazkur tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Islom Jasimov, Germaniyaning O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi Dr. Tillo Kinner va Tyuringiya Iqtisodiy rivojlanish agentligining investitsiyalar, tashqi aloqalar va klasterni rivojlantirish bo‘yicha ijrochi direktori Arnulf Vulf kirish so‘zi bilan ochishdi.

Forum doirasida Arnulf Vulf tomonidan “Tyuringiya Federal davlati haqida” taqdimot o‘tkazildi. Tadbirda shuningdek: Xorijiy investitsiyalarni jalb etish  agentligi vakili Sherzod G‘ulomov, “O‘zavtosanoat” vakili Shavkat Alimov  “Rhenus Logistics”  boshqaruvchi direktori o‘rinbosari G‘ayrat Mamadazitov va “RSP” kompaniyasi vakili so‘zga chiqdilar.

    

Mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad kooperativ tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi va Tyuringiya Federal o‘lkasi tadbirkorlari o‘rtasidagi aloqalarni o‘rnatish va mustahkamlashdan iborat.

SSP matbuot xizmati

 

30.09.2022

16:13

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06