6.10.22

Toʻqimachilik sohasi qanday qoʻllab-quvvatlanadi

4.10.22

O‘zbekistonda Birinchi Xalqaro franchayzing ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

4.10.22

Budapesht shahrida О‘zbek-Venger biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

3.10.22

Budapeshtda Vengriya-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashining ikkinchi majlisi bo‘lib o‘tdi

30.09.22

O‘zbekiston-Tyuringiya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Alibaba.com platformasida respublikamiz eksportyorlari uchun onlayn vebinar o`tkazildi

Oʼzbekiston Respublikasining Shanxay shahridagi Bosh konsulligi, Eksportni qoʼllab-quvvatlash agentligi va Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan hamkorlikda 2022 yil 5 avgust kuni Xitoyning “ALIBABA GROUP” kompaniyasining Alibaba.com elektron tijorat platformasida respublikamiz eksporterlari uchun mahsulotlarni jahon bozorida sotish imkoniyatlari toʼgʼrisida onlayn vebinar oʼtkazildi.

Onlayn rejimda tashkil etilgan mazkur vebinarda respublikamizdan 150 nafardan ortiq mahalliy tadbirkorlik subʼektlari, shu jumladan 60 nafardan ortiq ayol tadbirkorlar ishtirok etdilar.

Vebinarda Alibaba.com elektron tijorat platformasi toʼgʼrisida “ALIBABA GROUP” kompaniyasining hamkori “MD-INSIGHT” kompaniyasi mutaxassislari tomonidan taqdimot qilindi

              

Taqdimot davomida Alibaba.com elektron tijorat platformasida mahsulotlar savdosini amalga oshirish imkoniyatlari, xalqaro savdo-sotiqni olib borishda elektron platformani qoʼllashning afzalliklari hamda hozirda Alibaba.com da oʼz mahsulotlarini joylashtirgan holda savdoni yoʼlga qoʼygan Oʼzbekiston korxonalarining tajribalari toʼgʼrisida batafsil maʼlumotlar berib oʼtildi.

Shu bilan birga Oʼzbekiston eksporterlari tomonidan Alibaba.com elektron tijorat platformasida oʼz sahifalarini ochish, mahsulotlar toʼgʼrisida maʼlumotlarni joylashtirish va safihaga ega boʼlishga qoʼyiladigan talablar toʼgʼrisida mutaxassislar tomonidan zarur tushuntirishlar berildi.

             

Vebinar soʼngida Alibaba.com elektron tijorat platformasida savdo-sotiqni tashkil etish masalalarida ishtirokchilar oʼzlarini qiziqtirgan savollarga “MD-INSIGHT” kompaniyasi mutaxassislaridan javoblar oldilar.

05.08.2022

15:13

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06