16.08.22

Malayziya bilan savdo iqtisodiy aloqalar kengaymoqda

15.08.22

Turizm va mehmondoʼstlik sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv

11.08.22

Hurmatli tadbirkorlar!

11.08.22

Geologiya, togʼ-kon, metallurgiya va mashinasozlik sanoati masalalari qoʼmitasi yigʼilishi

5.08.22

Alibaba.com platformasida respublikamiz eksportyorlari uchun onlayn vebinar o`tkazildi

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Agrar sohadagi muammolar va ularning yechimlariga bagʼishlangan davra suhbati

Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan tadbirkorlik subʼektlarining sohalar kesimida muaommalari va takliflarini aniqlash hamda ularning yechimlarini topishga qaratilgan davra suhbatlarini oʼtkazish amaliyoti yoʼlga qoʼyilgan.
Joriy yilning 25 iyun kuni “Poytaxt” biznes majmuasida ushbu anʼanani davom ettirgan holda Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi, Oʼzbekiston Iqtisodiyot assambleyasi hamda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan tashkillashtirilgan agrar sohadagi asosiy muammolar va ularning yechimlariga bagʼishlangan davra suhbati oʼtkazildi.

  
Bugungi kunda mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirishda ushbu sohada katta amaliy tajribaga ega boʼlgan, rivojlangan mamlakatlarning yoʼli oʼrganilib, Oʼzbekiston uchun xos boʼlgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish andozasi ishlab chiqildi.

Аholining ish bilan bandligini taʼminlash va farovonligini oshirishda qishloq tadbirkorligini rivojlantirish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. 

Аyniqsa bugungi globallashuv jarayonida oziq-ovqat xavsizligini taʼminlash, qishloq xoʼjaligi sohasi zamonaviy, raqobatbardosh sohaga aylantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Davlat rahbari tomonidan joriy yilning 27 aprelь kuni qishloq xoʼjaligida loyihalarni amalga oshirish boʼyicha oʼtkazgan yigʼilishda soʼnggi besh yilda bu sohaga 2 milliard 500 million dollar xorijiy kreditlar jalb qilinligini, hozirgacha shundan 1 milliard 700 million dollari oʼzlashtirilib, 4 mingga yaqin loyiha amalga oshirilganligi, jumladan, zamonaviy issiqxonalar, intensiv bogʼlar, koʼchatchilik xoʼjaliklari va muzlatkichli omborxonalar tashkil etilganligini taʼkidlab oʼtilgan.

Shuningdek, joriy yilda 6 ta viloyatda qariyb 2 ming gektar intensiv bogʼ va tokzorlar barpo etilishi, jami 115 ming tonnali 17 ta kichik agrologistika markazi ishga tushirilishi rejalashtirilgan boʼlib, ular tadbirkorlarga tayyor holda, lizing asosida sotiladi.
Tadbirni Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi D.Vaxabov ochib berdi va agrar sohadagi bugungi holat hamda ushbu yoʼnalishdagi tadbirkorlarning sohadagi muammolarini aniqlash, takliflarini shakllantirishda faol boʼlishga chaqirdi.

 Davra suhbatida, tadbirkorlarning qishloq xoʼjaligi sohasida quyidagi yoʼnalishlardagi masalalari atroflicha muhokama qilindi:
-    er munosabatlaridagi muammolar va ularning yechimlari;
-    moliyaviy muammolar va ularning yechimlari;
-    huquqiy munosabatlar va ularning yechimlari va boshqalar.

Yuqoridagi yoʼnalishlar boʼyicha tadbirkorlik subʼektlarining takliflari umumlashtirish, tahlil qilish va yuqori tashkilotlarga taqdim qilish uchun yigʼib olindi. 

Savdo-sanoat palatasi Matbuot xizmati

27.06.2022

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06