16.08.22

Malayziya bilan savdo iqtisodiy aloqalar kengaymoqda

15.08.22

Turizm va mehmondoʼstlik sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv

11.08.22

Hurmatli tadbirkorlar!

11.08.22

Geologiya, togʼ-kon, metallurgiya va mashinasozlik sanoati masalalari qoʼmitasi yigʼilishi

5.08.22

Alibaba.com platformasida respublikamiz eksportyorlari uchun onlayn vebinar o`tkazildi

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

"Stevia Biotech Pvt.Ltd" kompaniyasi a'zolari bilan uchrashuv

Joriy yilning 23 iyun kuni  O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisining o‘rinbosari F.Toshpo‘latov bilan Stevia yetishtiruvchilar va ishlab chiqaruvchilar uyushmasi rahbari, "Stevia Biotech Pvt.Ltd" kompaniyasi Bosh menejeri Janob Agarval o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mehmonlar O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi faoliyati, shuningdek, mamlakatimizda xususiy sektorni faol rivojlantirish va uning rolini oshirish borasida amalga oshirilayotgan yangiliklar bilan tanishdilar. Davlatimiz rahbari va hukumat tomonidan investisiya va ishbilarmonlik muhitini takomillashtirish, xususiy mulk va xorijiy kapitalni huquqiy himoya qilish mexanizmlarini mustahkamlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni faol ishlab chiqish va amalga oshirishga katta e'tibor qaratilayotgani ta'kidlandi.
   

Uchrashuvda steviya dorivor o‘simligini qayta ishlash va O‘zbekistonda dorivor o‘simliklar asosida dorivor mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ikki mamlakat o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida ikki tomonlama iqtisodiy sheriklikning yangi bosqichga olib chiqish uchun hamkorlikda ishlashga kelishib olindi.

24.06.2022

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06