11.08.22

Hurmatli tadbirkorlar!

11.08.22

Geologiya, togʼ-kon, metallurgiya va mashinasozlik sanoati masalalari qoʼmitasi yigʼilishi

5.08.22

Alibaba.com platformasida respublikamiz eksportyorlari uchun onlayn vebinar o`tkazildi

3.08.22

Marketing va reklama masalalari qoʼmitasining kengaytirilgan yigʼilishi

3.08.22

Hurmatli tadbirkorlar!

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

“O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi Qonunning 22-moddasida belgilangan Savdo-sanoat palatasining qonun ijodkorligi sohasidagi vakolatlarini amalga oshirgan holda, Palata tomonidan qonunchilik hujjatlari loyihalari yuzasidan Jamoatchilik ekspertizalari o‘tkazilib, ularning tadbirkorlik faoliyatiga ta'sirini baholagan holda, salbiy hamda ijobiy xarakterdagi Xulosalar berib kelinmoqda.

Xususan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 381 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi Palata tomonidan ko‘rib chiqilib, Jamoatchilik ekspertizasi xulosalari berildi.

Misol uchun, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Mahallalarda xotin-qizlarning bandligini ta'minlash va salomatligini mustahkamlash markazlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘isida"gi Qarori (ID-59792) loyihasi  jamoatchilik ekspertizasidan  o‘tkazilib, u yuzasidan quyidagicha Jamoatchilik ekspertizasi xulosasi berildi:

1.Loyiha 8-bandiga ko‘ra, quyidagilar belgilangan:

“Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (S.Xolxo‘jaev), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Husanov) va Davlat soliq qo‘mitasi (Sh.Kudbiev) va Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi (S.Turdiev) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki hafta muddatda tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan markazlar faoliyatini tashkil etish uchun ularga yaratib berilayotgan imkoniyat va imtiyozlar haqida targ‘ibot ishlarini tashkil etib, markazlar faoliyatini yuritish istagida bo‘lgan talabgor tadbirkorlarni aniqlasin;

barpo etilgan markazlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish va uni yuritish uchun aniqlangan tadbirkorlarga markazlarni uzoq muddatli ijaraga berilishini ta'minlasin.

Biroq, loyihada tadbirkorlardan kelib tushadigan takliflarni o‘rganib chiqish, takliflarning kim tomonidan ko‘rib chiqilishi, tadbirkorlik sub'ektini aniqlab olish tartibi, rad javobi berilishi, uning asoslari va muddati, bunday qaror ustidan shikoyat berish tartibi kabi masalalar va u bilan bog‘liq proseduralar keltirilmagan.

Bu esa, huquqni qo‘llash amaliyotida bo‘shliqlarni, turli noaniqliklar va tushunmovchiliklarni keltirib chiqarib, normativ-huquqiy hujjatni turlicha talqin qilish imkonini beradi hamda korrupsiyaviy holatlarga sharoit yaratadi.

Ushbulardan ko‘rinib turibdiki, loyiha ilovasida yuqoridagi masalalar bilan bog‘liq proseduralarni keltirib o‘tish lozim.

2. Loyiha ilovasi 8-bandiga ko‘ra, Markazlarda xotin-qizlarning salomatligini mustahkamlash maqsadida fitnes, sheyping kabi sog‘lomlashtirishga mo‘ljallangan xizmat ko‘rsatish faoliyatini ehtiyojmand xotin-qizlar uchun bepul yo‘lga qo‘yish belgilangan.

Biroq, bunda bepul xizmat ko‘rsatish xarajatlari kim tomonidan qoplanishi nazarda tutilmagan.

Bu esa, amaliyotda Markazlarni ijaraga olgan tadbirkorlik sub'ektlariga ortiqcha majburiyatlar yuklanishiga olib keladi.

Shu bois, loyiha ilovasida ehtiyojmand xotin-qizlarga bepul ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovlar davlat tomonidan qoplab berilishi masalasini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir.

3. Loyiha ilovasi 13-bandiga ko‘ra:

“Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi har oyda kelib tushgan loyihalar bo‘yicha barcha buyurtmanomalarni qo‘mita raisi rahbarlik qiluvchi muvofiqlashtiruvchi komissiya tuzgan holda har tomonlama ko‘rib chiqilishini ta'minlaydi, zarur hollarda loyihalarni joyiga chiqib o‘rganadi. Eng yaxshi va asosli deb topilgan loyihalarga belgilangan tartibda davlat grantlarini ajratish to‘g‘risida qo‘mita komissiyasining qarori qabul qilinadi.

Davlat granti ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan so‘ng 3 ish kunida grant mablag‘lari loyihalarda ko‘rsatilgan tovarlarni xarid qilish uchun tadbirkorlik subyektlarining bankdagi hisob-raqamiga o‘tkazib beriladi”.

Shuningdek, loyiha ilovasining 12-bandida davlat granti olish istagidagi tadbirkorlarning takliflari hokimliklar tomonidan ko‘rib chiqilish va umumlashtirilib Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasiga kiritilishi belgilangan.

Avvalo, aytish lozimki, bunda ham takliflarni ko‘rib chiqish tartibi, ularni tanlab olish asoslari va muddati, qaror ustidan shikoyat berish tartibi kabi masalalar keltirilmagan.

Qolaversa, davlat grantlarini ajratishda takliflarni bu tartibda ko‘rib chiqish va tanlab olish birinchi navbatda, byurokratik to‘siq va korrupsiya holatlariga sharoit yaratib beradigan holat sifatida baholanishi lozim.

Chunki, takliflarni ko‘rib chiqish va umumlashtirish, loyihalarni joyiga chiqib o‘rganish inson faktorini yuzaga keltirib, har qanday suiiste'molliklarga olib kelishi aniq.

Shu bois, loyiha ilovasida tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan takliflarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri masofadan turib Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasiga kiritilishi hamda davlat grantlarini ajratishda takliflarni ko‘rib chiqish tartibi, ularni tanlab olishning aniq asoslari va muddatini, qaror ustidan shikoyat berish tartibi kabi masalalarni belgilash lozim.

4. Loyiha ilovasi 18-bandiga ko‘ra, davlat granti olish uchun tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan quyidagi hujjatlar ham taqdim etilishi belgilangan:

tadbirkorlik subyektining davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;

mahalla fuqarolar yig‘ini bilan tadbirkorlik sub'ekti o‘rtasida markazlarni uzoq muddatli ijaraga berish to‘g‘risidagi shartnoma nusxasi;

talabgorning talab etilayotgan grant miqdoriga teng miqdorda bank hisob raqamida mablag‘lari mavjudligini tasdiqlovchi hujjat.

Avvalo ta'kidlash lozimki, yuqorida keltirilgan ma'lumotlarning dastlabki ikkitasini vakolatli organ o‘zaro elektron axborot almashish tizimi orqali tegishli tashkilotlardan olishi mumkin.

Bundan tashqari, davlat granti ajratilishi uchun talabgorning talab etilayotgan grant miqdoriga teng miqdorda bank hisob raqamida mablag‘lari mavjudligi talabi esa maqsadga muvofiq emas.

Vaholangki, tadbirkorlik sub'ekti faoliyatini yo‘lga qo‘yish, ya'ni markaz faoliyatini tashkil etish asnosida o‘z mablag‘larini sarflashi va hisob raqamida yetarlicha mablag‘ bo‘lmasligi mumkin.

Shu bois, bunday talabni belgilash mantiqsiz ko‘rinadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, loyiha ilovasi 17-bandini hamda 18-bandidan 2-3-6-xatboshilarni chiqarib tashlash zarur.

5. Shu bilan birga, loyihada Markazlarni tashkil etishda uning huquqiy maqomi, ya'ni u davlat-xususiy sheriklik yoki boshqa shaklda tashkil etilishi, Markaz faoliyatini yo‘lga qo‘yishga doir tartiblar ham keltirilmagan.

Misol uchun, Markazni tashkil etish uchun ajratilgan bo‘sh yer uchastkasi tadbirkorlik sub'ektiga uzoq muddatli ijaraga berilganda unda binoni qurish, quriladigan binoga egalik qilish masalalari, shuningdek, ijara shartnomasi muddati tugaganda o‘rtadagi mol-mulk bilan bog‘liq masalalarni hal etish belgilanmagan.

Bu esa, amaliyotda ko‘plab muammolarni keltirib chiqarishi, oqibatda tadbirkorlik sub'ektlari huquqlarining buzilishiga olib kelishi mumkin.

Shu bois, loyihada mazkur masalalarni ham aniq belgilash, bu borada huquqiy bo‘shliqliklarga yo‘l qo‘ymaslik zarur.

 

08.06.2022

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06