11.08.22

Hurmatli tadbirkorlar!

11.08.22

Geologiya, togʼ-kon, metallurgiya va mashinasozlik sanoati masalalari qoʼmitasi yigʼilishi

5.08.22

Alibaba.com platformasida respublikamiz eksportyorlari uchun onlayn vebinar o`tkazildi

3.08.22

Marketing va reklama masalalari qoʼmitasining kengaytirilgan yigʼilishi

3.08.22

Hurmatli tadbirkorlar!

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

QORAQALPOG‘ISTONNING SHIMOLIY TUMANLARIDA BIZNESNI RIVOJLANTIRISHGA YORDAM BERISHADI

Prezident tomonidan 30.05.2022 yildagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoliy tumanlarida tadbirkorlikni rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror imzolandi. Hujjat O‘zAda e'lon qilingan.

2027-yil 1-yanvarga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasining:

Bo‘zatov,

Qorao‘zak,
Kegeyli,

Qo‘ng‘irot,

Qonliko‘l,

Mo‘ynoq,

Nukus,

Taxiatosh,

Taxtako‘pir,

Xo‘jayli,

Chimboy,

Shumanay

tumanlarida (keyingi o‘rinlarda – shimoliy tumanlar) bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk ob'ektlarini sotishning istisno tariqasida yangi tartibi joriy etiladi. Ushbu tartibga asosan:

  • auksion savdolarida sotilgan narxidan qat'i nazar barcha xaridorlarga xarid to‘lovlarini 7 yil muddatda bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi;
  • auksion savdolarida sotilgan davlat ko‘chmas mulk ob'ektlari bo‘yicha tuzilgan oldi-sotdi shartnomalariga muvofiq to‘lovlar 3 oy ichida to‘liq to‘langanda shartnoma qiymatining 25%iga teng miqdorda chegirmalar beriladi;
  • jismoniy va yuridik shaxslarga tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalariga ijara huquqi qiymatini 5 yil davomida bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratiladi;
  • tuman hokimliklari balansidagi bo‘sh turgan binolar xususiy maktabgacha ta'lim tashkiloti tashkil etish uchun davlat-xususiy sheriklik asosida tadbirkorlik sub'ektlariga tanlov orqali beriladi va bino tuman hokimligi balansida qoldiriladi. Uch yildan so‘ng xususiy sherikka davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimni imzolash paytida baholangan qiymatning 50%i miqdorida haq to‘lash hisobiga besh yil davomida to‘lash sharti bilan taqdim etilgan binolarni xususiylashtirish imkoni beriladi.

2025-yil 1 -yanvarga qadar eksperiment tariqasida shimoliy tumanlardagi qishloq xo‘jaligida foydalanishdan chiqib ketgan hamda yangidan o‘zlashtirishga mo‘ljallangan yer maydonlari investorlarga 30 yilga qishloq xo‘jaligi faoliyatini yuritish uchun ijaraga beriladi. Bunda:

  • ijara huquqini yutib olish uchun to‘lanadigan to‘lovning eng ko‘p miqdorini taklif etgan talabgor ustuvorlikka ega bo‘lib, qolgan mezonlar bo‘yicha ball berish tartibi qo‘llanilmaydi;
  • ochiq elektron tanlov g‘olibi yer maydonlariga ijara huquqini uchinchi shaxsga sotishi va ushbu huquqni tijorat bankidan kredit olish uchun garovga qo‘yishi mumkin;
  • shimoliy tumanlardan ro‘yxatdan o‘tib, mazkur yer maydonlarida faoliyat yuritadigan qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan tadbirkorlik sub'ektlariga (bundan klasterlar mustasno) ushbu faoliyatdan olinadigan daromadi bo‘yicha aylanmadan olinadigan soliq, shuningdek, mazkur tumanlardagi qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirish va saqlash maqsadida foydalaniladigan yer uchastkalari va mol-mulki bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalari 50%ga kamaytiriladi;
  • foydalanishdan chiqqan sug‘oriladigan yerlarni o‘zlashtirish, sug‘oriladigan yerlarda yer tuzish, buzilgan yerlarni rekul'tivasiya qilish yuzasidan loyiha hujjatlarini ishlab chiqish hamda qishloq xo‘jaligi yerlarining avtomatlashtirilgan yer-axborot tizimini yaratish va yangilab borish ishlariga Davlat byudjetidan mablag‘lar ajratiladi;
  • har bir gektar yerni foydalanishga kiritish hamda zaruratga ko‘ra sug‘orish qudug‘ini burg‘ilash yoki nasos stansiyasini qurish va ishga tushirish bo‘yicha xarajatlarning bir qismi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan tuzilgan investisiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim doirasida bir marta qoplab beriladi.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2022-2024 yillar davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoliy tumanlarida qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar dasturi;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoliy tumanlarida qishloq xo‘jaligida foydalanishdan chiqib ketgan sug‘oriladigan yer maydonlarini 2022-2024 yillarda qayta foydalanishga kiritish ko‘rsatkichlari.

Manba; www.norma.uz/uz/qonunchilikda_yangi/qoraqalpogistonning_shimoliy_tumanlarida_biznesni_rivojlantirishga_erdam_berishadi

01.06.2022

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06