30.01.23

Qaror mazmun-mohiyati tushuntirilmoqda

27.01.23

Qirg‘iziston-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashining ikkinchi yig‘ilishi

27.01.23

Savdo-sanoat palatasida Prezident Qarori ijrosiga oid huquqiy masalalar muhokama qilindi

26.01.23

Mo‘g‘iliston va Tojikiston delegatsiyalarining Palataga tashrifi

25.01.23

Fransiya bilan o‘zaro munosabatlar mustahkamlanmoqda

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

«Yosh tadbirkorlar» ko‘rgazmasi

Yoshlar mamlakat iqtisodiy hayotida katta kuch va g‘ayrat sarflashga qodir, harakatchan, barcha yangi hodisalarni tez qabul qiluvchi va o‘zlashtiruvchi jamiyatimizning faol qismi hisoblanadi. So‘nggi paytda mamlakatimizda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish zamonaviy iqtisodiyotning ustUvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib bormoqda. Yoshlarni tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishini rag‘batlantirish choralari davlat miqyosidagi masalaga aylangan.

Tadbirkor yoshlar safining kengayishi malakali kadrlar tayyorlash barobarida milliy iqtisodiyotni innovatsion rivojlanish yo‘lidan borishini ta'minlaydi. Aynan mana shu taraqqiyot yo‘li yosh, tashabbuskor, yangicha fikrlaydigan tadbirkorlar avlodini shakllantirishni taqoza etadi.

Mamlakatimiz rahbarining bu yo‘nalishdagi farmon va qarorlari yoshlar tadbirkorligini prinsip jihatdan yangi, har tomonlama to‘kis darajaga olib chiqish, yoshlar salohiyatidan oqilona foydalanishga chaqirig'idir.

Yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish barobarida yana boshqa muhim ijtimoiy masalalar — yoshlar bandligini ta'minlash, yangi ish o‘rinlari yaratishni ham ko‘zda tutadi.

Joriy yilning 27-may kuni “Yoshlar ijod saroyi”da tadbirkorlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Yoshlar ishlari agentligi va “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi hamkorligida tashkil etildi. Unda mamlakatimizning deyarli barcha hududlaridan kelgan 100 ortiq yosh tadbirkorlar, hunarmandlar va fermerlar o‘z mahsulotlarini namoyish etdi.

Ushbu ko‘rgazma mamlakatimiz yosh tadbirkor, hunarmand va fermerlarining namunali tajriba va yutuqlarini ommalashtirish, yoshlarning kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka qiziqishini kuchaytirish, ularning tashabbuskorlik, bunyodkorlik va ijodiy faoliyatini kengaytirish maqsadida tashkil qilindi.

Ko‘rgazmada ishtirok etganlar o‘z chiqishlarida yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish, aholi bandligini oshirish va yoshlarning iqtisodiy mustaqilligiga erishish uchun shart-sharoitlar yaratishning ustuvorligini ta'kidladi.

Yoshlarni o‘z loyihalarini amalga oshirishda samarali qo‘llab-quvvatlash va yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish mamlakatlar iqtisodiyotlarining o‘sishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatishi qayd etildi.

O‘zbekistonda yoshlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Xususan, yosh fermerlarga bepul yer uchastkalari ajratish amaliyoti, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini yaratish yoshlarni moliyalashtirish va subsidiyalashning boshqa mexanizmlari borasida ham qisqacha ma'lumot berildi.

Ko‘rgazma yakunida ishtirokchilar bevosita aloqalarni yo‘lga qo‘yish hamda yosh tadbirkorlar o‘rtasida tajriba almashish uchun samarali platforma bo‘lishiga ishonch bildirdi.

27.05.2022

14:37

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06