30.06.22

Palata tomonidan yana bir tadbirkorning manfaatlari himoya qilindi

30.06.22

Namanganda muqobil energiyadan foydalanishni kengaytirishga bagʼishlangan koʼrgazma boʼlib oʼtdi

27.06.22

Agrar sohadagi muammolar va ularning yechimlariga bagʼishlangan davra suhbati

24.06.22

"Stevia Biotech Pvt.Ltd" kompaniyasi a'zolari bilan uchrashuv

22.06.22

O‘zbekistonlik tadbirkorlarning “Azersun Holding” korxonasiga tashrifi

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

“O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi Qonunning 22-moddasida belgilangan Savdo-sanoat palatasining qonun ijodkorligi sohasidagi vakolatlarini amalga oshirgan holda, Palata tomonidan qonunchilik hujjatlari loyihalari yuzasidan Jamoatchilik ekspertizalari o‘tkazilib, ularning tadbirkorlik faoliyatiga ta'sirini baholagan holda, salbiy hamda ijobiy xarakterdagi xulosalar berib kelinmoqda.

Xususan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 335 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi Palata tomonidan ko‘rib chiqilib, Jamoatchilik ekspertizasi xulosalari berildi.

Misol uchun, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarda yo‘lovchi tashish tizimini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori (ID-61026) loyihasi  jamoatchilik ekspertizasidan  o‘tkazilib, u yuzasidan quyidagicha Jamoatchilik ekspertizasi xulosasi berildi:

1. Loyiha 2-bandi to‘rtinchi xatboshiga ko‘ra, 2022-2026 yillarda avtovokzal va avtostansiyalarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini 3-ilovaga muvofiq tasdiqlash belgilangan.

Bunda, avtovokzal va avtostansiyalarni qurish va rekonstruksiya qilish ishlari tadbirkorlik sub'ektlari mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi nazarda tutilgan.

Ammo, shuni inobatga olish lozimki, mazkur dasturning ushbu tahrirda tasdiqlanishi hozirgi kunda amaliyotda tadbirkorlik sub'ektlariga tegishli bo‘lgan avtovokzal va avtostansiyalarni ham rekonstruksiya qilinishini talab qilish holatlariga olib kelishi mumkin.

Vaholangki, mazkur ilovada hududlardagi aynan qaysi ob'ektlarni qurish yoki rekonstruksiya qilish aniq belgilanmagan.

Bu esa, mazkur holatni turli talqin qilish imkonini beradi.

Shu bois hamda amaliyotda tudbirkorlik sub'ektlariga ortiqcha majburiyatlar yuklashning oldini olish maqsadida 3-ilovada faqat yangi quriladigan hamda bo‘sh turgan avtovokzal va avtostansiyalarni qurish va rekonstruksiya qilinishini nazarda tutish lozim.

2. Loyiha 5-bandiga ko‘ra:

“2024-yil 1-yanvardan boshlab: shahar yo‘nalishlarida, shahar atrofidagi magistral va bog‘lovchi yo‘nalishlarda, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlardafaqat avtobus va mikroavtobuslardan (M2 va M3 toifali avtotransport vositalari) foydalanish bo‘yicha;

yuridik shaxslar tomonidan muntazam yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarida egalik huquqi va lizing shartnomasi asosidagi avtotransportlardan foydalanish bo‘yicha;

ishlab chiqarilganiga 10 yildan ortiq bo‘lmagan avtotransport vositalaridan yo‘nalishsiz taksi sifatida foydalanilishini bo‘yicha talablar joriy etiladi”.

Vaholangki, loyihani ishlab chiqish uchun asos sifatida keltirilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-60-son Farmonida ham bunday talablarni joriy etish keltirilmagan.

Shu bilan birga, qayd etish joizki, mazkur talablarning hech birini joriy etish zarurati loyiha ijrochisi tomonidan asoslantirib berilmagan, ya'ni ushbu tartiblarni joriy etishga sabab bo‘lgan salbiy holatlar keltirilmagan.

Xususan, bunday o‘zgartirishlarga zaruriyat hamda amaldagi tartib natijasida vujudga kelayotgan muammolar tahlili, shuningdek xorijiy tajriba keltirilmagan.

Misol uchun, muntazam yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarida faqat egalik huquqi va lizing shartnomasi asosidagi avtotransportlardan emas, balki ijara asosidagi transport vositalaridan ham foydalanish mumkin. Bunda, biror salbiy holatlarning vujudga kelishi kuzatilmaydi.

Yoki, ishlab chiqarilganiga 10 yildan ortiq bo‘lgan avtotransport vositalaridan yo‘nalishsiz taksi sifatida foydalanishni cheklashda amaliyotdagi holat chuqur tahlil qilinishi, mazkur normaning amaliyotda to‘liq ishlash imkoni o‘rganilishi zarur.

Bunda, bu kabi o‘zgartirishlarni chuqur tahlil qilmasdan amalga oshirish amaliyotda kutilgan natijalarni bermasdan, aksincha salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, loyiha 5-bandini chiqarib tashlash maqsadga muvofiqdir.

3. Loyiha 8-bandiga ko‘ra: “2022-yil 1-sentyabrdan boshlab yangidan quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan oraliq bekatlarda savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish ob'ektlarini joylashtirish taqiqlanadi.

Bunda oraliq bekatlarda faqatgina reklama vositasi, bankomatlar va oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilishga mo‘ljallangan o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish (vending) avtomatlarini joylashtirishga ruxsat etiladi”.

Biroq, yuqorida keltirilganidek, ushbu cheklovni joriy etish sababi va asosi ham loyiha ijrochisi tomonidan keltirilmagan, xalqaro tajriba taqdim etilmagan.

Ta'kidlash lozimki, bugungi kunda respublikada biznes muhitni rivojlantirish, sohaga aholini keng jalb qilish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha islohotlar olib borilmoqda.

Bu kabi cheklolarni joriy etish esa, tadbirkorlik faoliyatiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi, mamalakatdagi biznes muhitini yomonlashishiga olib kelishi mumkin.

Shu bois, loyiha 8-bandini chiqarib tashlash lozim.

 

20.05.2022

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06