
Tadbirkorlar diqqatiga!
Joriy yilning 9-11 may kunlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar majmuasida, ishlab chiqarish va sanoatning turli sohalarida faoliyat yurituvchi 30 dan ortiq Eron kompaniyalari ishtirokida “Eron Islom Respublikasining sanoat va ishlab chiqarish sohalaridagi yutuqlari” Xalqaro ko‘rgazmasi tashkil etiladi.
Ushbu tadbir doirasida, 10-may kuni soat 17:30 da “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida V2V formatidagi ikki tomonlama biznes muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Eron tadbirkorlari ro‘yxati bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.
Tadbirda ishtirok etish istagini bildirgan tadbirkorlar mas'ul shaxs bilan bog‘lanishlari mumkin.
Aloqa uchun: +99878 150 60 06, mas'ul K.Umurzakova
07.05.2022
14:52