16.08.22

Malayziya bilan savdo iqtisodiy aloqalar kengaymoqda

15.08.22

Turizm va mehmondoʼstlik sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv

11.08.22

Hurmatli tadbirkorlar!

11.08.22

Geologiya, togʼ-kon, metallurgiya va mashinasozlik sanoati masalalari qoʼmitasi yigʼilishi

5.08.22

Alibaba.com platformasida respublikamiz eksportyorlari uchun onlayn vebinar o`tkazildi

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

SSP delegatsiyasi Turkiya Respublikasiga tashrif buyurdi

Joriy yilning 19 aprel kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi D.Vahabov boshchiligida Savdo-sanoat palatasi delegatsiyasining Anqara (Turkiya Respublikasi) shahriga tashrifi tashkil etildi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi vakillari, Turkiya ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi.

Savdo-sanoat palatasi raisi o‘z nutqi davomida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, investorlar uchun yaratilgan qulay muhit va chora-tadbirlarga to'xtalib o'tdi. Soliqlarni tartibga solish sohasini isloh qilish, iqtisodiyotning shaffofligini oshirish, yer uchastkalarini berish tartib-taomillari, xorijiy investorlarni huquqiy himoya qilish mexanizmlarini takomillashtirish va boshqa sohalarda erishilgan yutuqlarni sanab o‘tildi.

Turkiyalik sanoatchilar va tadbirkorlarning o‘zbek hamkorlari bilan yengil sanoat, qurilish, xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi, qurilish materiallari ishlab chiqarish, elektrotexnika va O‘zbekiston iqtisodiyotining boshqa tarmoqlarida ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirishda erishayotgan muvaffaqiyatlari alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, ikki davlat delegatsiyalari oʻrtasidagi muzokaralarda Oʻzbekiston-Turkiya savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikka yuqori baho berildi. Tomonlar o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi oshib borayotgani, zamonaviy sanoat yaratish va infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan yirik investitsiya loyihalarini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

20.04.2022

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06