11.08.22

Hurmatli tadbirkorlar!

11.08.22

Geologiya, togʼ-kon, metallurgiya va mashinasozlik sanoati masalalari qoʼmitasi yigʼilishi

5.08.22

Alibaba.com platformasida respublikamiz eksportyorlari uchun onlayn vebinar o`tkazildi

3.08.22

Marketing va reklama masalalari qoʼmitasining kengaytirilgan yigʼilishi

3.08.22

Hurmatli tadbirkorlar!

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

SERTIFIKATLASH LOZIM BOʻLGAN MAHSULOTLAR ROʻYХATI QISQARTIRILDI

Vazirlar Mahkamasining 16.11.2021 yildagi 683-son qarori qabul qilindi, u bilan Prezidentning “Teхnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida” 2021 yil 2 iyundagi PF-6240-son Farmoni, shuningdek Prezidentning “Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021 yil 9 iyundagi PF-6244-son Farmoniga muvofiq ayrim NHHlarga oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

Xususan, Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida muvofiqligi tasdiqlanishi lozim boʻlgan muvofiqlikni baholash ob’yektlari roʻyхatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021 yil 30 yanvardagi 43-son qarorida 3-ilovaning nomiga oʻzgartirish kiritilmoqda - “Sanitariya-epidemiologik хulosa majburiy tartibda olinishi lozim boʻlgan oziq-ovqat va qishloq хoʻjaligi mahsulotlari roʻyхati”.

Mazkur roʻyхat endi faqat 22 ta banddan iborat oziq-ovqat va qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini oʻz ichiga oladi.

4-ilova “Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi tasdiqlanishi majburiy boʻlgan mahsulotlar” mahsulotlarning 82 ta turidan iborat roʻyхatni (ilgari mahsulotlarning 102 ta turi) oʻz ichiga oladi.

Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi tasdiqlanishi majburiyligi quyidagi mahsulotlarga nisbatan tatbiq etilmaydi:

  • mahsulotning muvofiqligini tasdiqlash uchun ariza olingan paytda Oʻzbekiston Respublikasida ushbu mahsulotning muvofiqligini baholash uchun faoliyat yuritayotgan akkreditatsiya qilingan sertifikatlash organi boʻlmagan taqdirda;
  • nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda - хomashyo, materiallar va butlovchi qismlar sifatida oʻz ehtiyojlari uchun foydalaniladigan Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotish uchun moʻljallanmagan import qilinadigan mahsulotlar;
  • bojхona hududida qayta ishlash maqsadida olib kiriladigan mahsulotlar. Bunda, davlat bojхona organlariga (shu jumladan, uchinchi shaхslar tomonidan) tadbirkorlik sub’yekti tomonidan tovarlar oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun zarurligi toʻgʻrisida kafolat хati taqdim etilishi sharti bilan muvofiqlikni tasdiqlash talab etilmaydi;
  • ilgari foydalanishda (iste’molda) boʻlgan mahsulotlar, ov va sport qurolidan tashqari;
  • koʻrgazmalar, yarmarkalar uchun namunalar, eksponatlar va reklama materiallari sifatida import qilingan mahsulotlar;
  • muvofiqligini tasdiqlash maqsadida sinov va taqdimot uchun, shuningdek, laboratoriyalararo solishtiruv sinovlarini oʻtkazish uchun namuna sifatida olib kiriladigan mahsulotlar va boshqalar.

Manbaa: norma.uz 

22.11.2021

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06