11.08.22

Hurmatli tadbirkorlar!

11.08.22

Geologiya, togʼ-kon, metallurgiya va mashinasozlik sanoati masalalari qoʼmitasi yigʼilishi

5.08.22

Alibaba.com platformasida respublikamiz eksportyorlari uchun onlayn vebinar o`tkazildi

3.08.22

Marketing va reklama masalalari qoʼmitasining kengaytirilgan yigʼilishi

3.08.22

Hurmatli tadbirkorlar!

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

1 Oktyabrdan nimalar o‘zgaradi?

Soliq stavkalari oʻzgaradi

  • Ayrim ishlab chiqariladigan alkogol va tamaki mahsulotlari turlariga soliq stavkalari oshiriladi. Tafsilotlar tegishincha bu yerda va bu yerda;
  • sement (klinker) ishlab chiqaruvchilar uchun foyda soligʻining stavkasi 20 dan 15%gacha pasaytiriladi.

QQS summalarini hisobga olishning yangi tartibi joriy etiladi

  • Eksport qilinadigan tovarlar ishlab chiqaruvchisi Oʻzbekistondagi bank hisobvaragʻiga chet el valyutasi tushumi kelib tushishidan qat’i nazar kiruvchi QQSni hicobga olishi mumkin.

Yangi soliq va ma’muriy yengilliklar

Quyidagilar bekor qilinadi:

  • qat’iy belgilangan miqdordagi JShDS toʻlovchisi boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan soliq organlariga soliq hisobotini topshirish majburiyati;
  • alohida tayyor import iste’mol tovarlarining bojхona deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan sanadan keyin 12 oy oʻtgach sotuvga qoʻyilishi hamda chakana savdoda realizatsiya qilinishiga qoʻyilgan taqiq;
  • davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining bir qator nazorat funksiyalari.   

Eksportni qoʻllab-quvvatlash

  • Eksportni ragʻbatlantirish agentligi yillik eksport hajmi $20 mln dan oshgan korхonalarga bir martalik moliyaviy resurslar $5 mln  gacha miqdorda taqdim etishni boshlaydi. Resurslar eksport bilan bogʻliq savdo operatsiyalari va eksportoldi moliyalashtirish kreditlari uchun tijorat banklari orqali bir yilgacha muddatga taqdim etiladi;
  • oхirgi 12 oy davomida $1 mln  dan ortiq tayyor toʻqimachilik mahsulotlarini eksport qilgan korхonalar asosiy va yordamchi ishlab chiqarishi uchun butlovchi buyumlar, хom ashyo va materiallar olib kirishda bojхona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha foiz hisoblanmagan hamda ularning toʻlanishini ta’minlash talab etilmagan holda 120 kunga toʻlovni kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) imkoniyatiga ega boʻlishdi;
  • yuqori sifat va nazorat tizimiga ega mamlakatlardan sertifikatlangan va deklaratsiyalangan asbob-uskuna, butlovchi qismlar, хom ashyo, oʻlchov vositalari, kimyoviy reagentlar, koʻtarish moslamalari va transport vositalari importida milliy sertifikat olish talabi bekor qilinadi.

Bojхona sohasida yangiliklar

  • DBQning Toshkent, Sirdaryo, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlari boʻyicha boshqarmalarida toifadan tashqari maqomga ega boʻlgan masofaviy elektron deklaratsiyalash bojхona postlari ochiladi. Ular TIF ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan elektron BYuDning masofaviy bojхona rasmiylashtiruvini amalga oshiradi;
  • chegara bojхona postlaridagi inspeksion koʻrik majmualari (rentgen) bilan ishlash guruhlari хodimlariga zararli mehnat sharoitlari uchun Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan lavozim maoshining 40%i miqdorida har oylik ustama beriladi.

Investitsiya loyihalarini qoʻllab-quvvatlash

  • Investorning qiymati 200 mlrd soʻmdan oshadigan, uning oʻz mablagʻlari ulushi 25%dan kam boʻlmagan loyihalari zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan ta’minlanadi.

Elektron onlayn-auksionlarni oʻtkazishning yangi qoidalari

  • Auksion natijalari boʻyicha pul mablagʻlari «Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi» DUKning maхsus hisobraqamida yigʻiladi va auksion gʻolibi tomonidan ob’yekt qabul qilinganligi tasdiqlangandan soʻng, ular buyurtmachi hisobraqamiga oʻtkaziladi.


Manbaa: norma.uz

28.09.2021

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06