27.06.22

Agrar sohadagi muammolar va ularning yechimlariga bagʼishlangan davra suhbati

24.06.22

"Stevia Biotech Pvt.Ltd" kompaniyasi a'zolari bilan uchrashuv

22.06.22

O‘zbekistonlik tadbirkorlarning “Azersun Holding” korxonasiga tashrifi

21.06.22

Ozarbayjon Respublikasiga tashrif

21.06.22

Qayta tiklanuvchi elektr energiyasiga bag‘ishlangan ko‘rgazma o‘tkazildi

18.06.22 - 23.06.22

FIA-2022 53-Jazoir xalqaro yarmarkasi

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Toshkentda Oʼzbekiston-Birlashgan Аrab Аmirliklari biznes-forumi boʼlib oʼtdi

25 avgust kuni Toshkentda Oʼzbekiston-Birlashgan Аrab Аmirliklari biznes-forumi boʼlib oʼtdi va unda Oʼzbekiston Respublikasi hamda BАА davlat muassasalari va ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etishdi. Birlashgan Аrab Аmirliklari tomonidan “DP World”, “Abu Dhabi Ports”, “Masdar”, “Mubadala Health”, “VPS Healthcare”, “DAMAC”, “Kanoo Group”, “Julphar”, “Al Rais Travel and Tourism” kabi va boshqa korxonalar vakillari qatnashdi.

Tadbirda xorij delegatsiyasiga  BАА Iqtisodiyot vaziri Аbdulloh bin Tuk al-Marri, oʼzbek delegatsiyasiga esa Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʼrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov boshchilik qildi.

Delegatsiyalar rahbarlari oʼz chiqishlarida ikki mamlakat oʼrtasidagi koʼp qirrali hamkorlikning yuqori darajada ekanligini taʼkidlab, qoʼshma investitsiya loyihalari sonini oshirish va uzoq muddatli savdo aloqalarini oʼrnatishning barqaror dinamikasini qayd etdilar.

Shu bilan birga, ikki mamlakatning iqtisodiy salohiyati ustuvor yoʼnalishlar boʼyicha hamkorlikni yanada oshirishning shart-sharoitlarini shakllantirayotgani maʼlum qilindi. Shu nuqtai nazardan ikki mamlakat biznes vakillari oʼzaro fikr va loyiha takliflari bilan almashish, hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish va aniq kelishuvlarga erishishlari mumkin boʼlgan platformani yaratish zarurligi qayd etildi. Shu munosabat bilan tomonlar Oʼzbekiston-BАА Ishbilarmonlar kengashi tuzilganini mamnuniyat bilan olqishlab, ikki mamlakat tadbirkorlarini muvaffaqiyatli va oʼzaro manfaatli hamkorlikka chaqirdilar.

Forum yakunida bir qator ikki tomonlama hujjatlar, jumladan, Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi А.Ikramov hamda BАА Savdo-sanoat palatalari federatsiyasi bosh direktori Humaid Ben Salem  Oʼzbekiston-BАА Ishbilarmonlar kengashini tashkil etish toʼgʼrisidagi bitim imlozaladilar.

SSP Axborot-xizmati 

26.08.2021

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06