24.06.22

"Stevia Biotech Pvt.Ltd" kompaniyasi a'zolari bilan uchrashuv

22.06.22

O‘zbekistonlik tadbirkorlarning “Azersun Holding” korxonasiga tashrifi

21.06.22

Ozarbayjon Respublikasiga tashrif

21.06.22

Qayta tiklanuvchi elektr energiyasiga bag‘ishlangan ko‘rgazma o‘tkazildi

20.06.22

Turizm transporti sohasidagi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan uchrashuv

18.06.22 - 23.06.22

FIA-2022 53-Jazoir xalqaro yarmarkasi

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Mirzaobod tumanida fuqarolar murojaatlariga ijobiy yechim topilmoqda

Yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan fuqarolarning murojaatlari bilan tizimli ishlarni yoʼlga qoʼyish va muammolarni ijobiy hal etish toʼgʼrisidagi tamoyillar boʼyicha Mirzaobod tumanida qator islohotlar olib borilmoqda.

Jumladan, 19 avgust kuni Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Mirzaobod tumani xalq qabulxonasidagi tuman hokimining tasdiqlangan qabullar grafigiga muvofiq fuqarolar qabuli boʼlib oʼtdi.

Qabulda sektor rahbarlari, tuman hokimi oʼrinbosarlari, tegishli korxona tashkilot rahbarlari hamda 23 nafar turli muammoli masalalar bilan murojaat qilgan fuqarolar ishtirok etishdi. Fuqarolar doimiy ish bilan taʼminlash, uy-joy ajratish, tadbirkorlik faoliyati uchun yer ajratish, moddiy yordam, uy taʼmirlash, ichimlik suvini xonadongacha tortib berish, sogʼligini tiklash maqsadida moddiy yordam koʼrsatish kabi muammolar bilan murojaat qilishdi.

Tuman hokimi xalq qabulxonasidagi qabul bilan chegaralanib qolmay tuman hududidagi mahallalarga borib xonadonbay fuqarolar murojaatlarini tinglashni ham kun tartibiga kiritgan. "Xalq, davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qiladi" shiori ostida ishlar yoʼlga qoʼyilgan.

Shu bilan birga, qabuldan tashqari tuman hududidagi mahallalarda xonadonbay fuqarolar murojaatlari tinglandi.

Fuqarolarning muammolarini joyida hal etish boʼyicha tizimli ishlar yoʼlga qoʼyilgan boʼlib, barcha muammoli murojaatlar shaxsan tuman hokimi nazoratida.

SSP Axborot-xizmati 

24.08.2021

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06