24.06.22

"Stevia Biotech Pvt.Ltd" kompaniyasi a'zolari bilan uchrashuv

22.06.22

O‘zbekistonlik tadbirkorlarning “Azersun Holding” korxonasiga tashrifi

21.06.22

Ozarbayjon Respublikasiga tashrif

21.06.22

Qayta tiklanuvchi elektr energiyasiga bag‘ishlangan ko‘rgazma o‘tkazildi

20.06.22

Turizm transporti sohasidagi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan uchrashuv

18.06.22 - 23.06.22

FIA-2022 53-Jazoir xalqaro yarmarkasi

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Savdo-sanoat palatasi raisi Qoraqalpogʼiston tadbirkorlari bilan uchrashdi.

Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Аdxam Ikramov Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan oʼtkazgan “Ochiq muloqoti”da ilgari surgan tashabbuslari va 7 ta muhim yoʼnalishda belgilab berilgan vazifalarni tadbirkorlar oʼrtasida keng targʼib qilish maqsadida Qoraqalpogʼiston Respublikasiga bordi.

Аmaliy tashrif davomida Palata raisi Qoraqalpogʼistonda faoliyat yuritib kelayotgan “Panamilk” sut va sut maxsulotlari ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Uchrashuv davomida Palata raisi Davlat rahbarining tadbirkorlar bilan oʼtkazgan muloqoti davomida koʼtarilgan asosiy masalalar va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlanitirsh boʼyicha keyingi 5 yillikda amalga oshiriladigan keng qamrovli islohotlar toʼgʼrisida tadbirkor bilan fikr almashdi.

Shundan soʼng А.Ikramov Boʼzatov tumaniga borib,  u yerda “BOZ-TEX” fabrikasi faoliyati va ishlab chiqarilayotgan mahslotlar sifati bilan tanishdi. Shu bilan birga korxonada faoliyat yuritayotgan ishchilar va korxona rahbari bilan muloqot oʼtkazdi. 

Tashriflardan soʼng Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 20 avgust kuni tadbirkorlar bilan oʼtkazgan “ochiq muloqoti”da sohaga oid berilgan vazifalar va bildirilgan tashabbuslar yuzasidan Qoraqalpogʼiston Respublikasida tadbirkorlik subʼektlari bilan “davra suhbati” oʼtkazildi. 

Mazkur davra suhbatida Savdo-sanoat palatasi raisi А.Ikramov bilan birgalikda Qoraqalpogʼiston Respublikasi Joʼqorgʼi Kengesining Raisi M.Kamalov ham ishtirok etdi. Taʼkidlash lozimki tashkil etilgan davra suhbatida 300 nafardan ortiq tadbirkorlar ishtirok etib, ularning ochiq muloqot borasidagi fikrlari tinglandi. 

Davra suhbatining asosiy mavzusi sifatida tadbirkorlikni rivojlantirish boʼyicha keyingi 5 yilda amalga oshiriladigan islohotlar va 7 ta usuvor vazifalar ijrosini taʼminlash masalasi boʼldi. 

Tadbirkorlar tomonidan mazkur yoʼnalishdagi oʼzgarishlar iliq qarshi olindi va shu oʼrinda bir qator takliflar ham berildi. 

Jumladan, “Elliqqala tumanidan “BarnoTexStil” korxonasi raxbari Jabbarov Jumoboy Texstil bilan cheklanib qolmastan, “Issiqxona” biznesini rivojlantirish taklifini    bildirdi. А.I.Ikramov esa Elliqqala tumani tadbirkorlariga Sochiq eksportini boshlashni taklif etdi. А.I.Ikramov  “Senator G.Аnnaklichevaga  “Do business in Karakalpalstan”  gʼoyasida kitobcha yozishni taklifini berdi.

SSP Axborot-xizmati 

24.08.2021

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06