23.09.22

Mansabdor shaxslarni tadbirkorlik subʼektlari faoliyatini tekshirish huquqini berish yuzasidan oʼtkazilgan attestatsiya komissiyalarida Savdo-sanoat palatasi vakillari ishtirok etdi

23.09.22

АQShning Jorj Vashington nomidagi universitet professori bilan uchrashuv

23.09.22

Palatada navbatdagi Ekspertlar kengashi yigʼilishi oʼtkazildi

22.09.22

Oʼzbekiston va Turkiya ishbilarmonlar biznes forumi

22.09.22

“Аyollarning savdodagi oʼrni: Markaziy Osiyoda toʼsiqlar, imkoniyatlar va ilgʼor tajribalar” navbatdagi mintaqaviy xotin-qizlar sammiti boʼlib oʼtdi

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

TOBB ETÜ TASHKENT kirish imtihonlari

Joriy yilning 21 avgust kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi hamkorligida "Paxtakor" stadionida Turkiya iqtisodiyot va texnologiya universitetining Toshkent filialiga kirish imtihonlari o‘tkazildi.

Imtihonga O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi, Turkiya iqtisodiyot va texnologiya universiteti Toshkent filiali rektori A.Ikramov, shuningdek, Turkiyaning TOВВ ETÜ universiteti professorlari tashrif buyurdi.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya mamlakatimizning yetakchi savdo sheriklaridan biridir. So‘nggi yillarda qulay sarmoya va ishbilarmonlik muhiti natijasida turk tadbirkorlari O‘zbekistonda o‘z faoliyatini yanada kengaytirdilar.

Bu o‘quv yilida 900 ga yaqin abiturient quyidagi 4 ta yo‘nalishda o‘qish bo‘yicha hujjatlarni topshirdi:
• elektron tijorat va texnologiyalarni boshqarish;
• xalqaro biznes va tadbirkorlik;
• Arxitektura va dizayn;
• ichki arxitektura.

Imtihonlar ikkita fan bo‘yicha o‘tkazildi: ingliz tili va matematika.

2021-2022 o‘quv yilida 30 nafar eng iqtidorli abiturient grant asosida o‘qishga qabul qilinishi alohida e'tiborga loyiq.
Ta'kidlash joizki, TOВВ ETÜ TASHKENT universiteti ikki tomonlama ta'lim tizimiga asoslangan biznes va tadbirkorlik sohasidagi mutaxassislarni tayyorlaydi. Turkiya Iqtisodiyot va Texnologiya Universitetida o‘quv yili 3 semestrdan iborat.
Turkiya iqtisodiyot va texnologiya universitetining Toshkent filialida imtihon topshirgan abiturientlarga muvaffaqiyat tilaymiz.

SSP Matbuot xizmati

23.08.2021

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06