24.06.22

"Stevia Biotech Pvt.Ltd" kompaniyasi a'zolari bilan uchrashuv

22.06.22

O‘zbekistonlik tadbirkorlarning “Azersun Holding” korxonasiga tashrifi

21.06.22

Ozarbayjon Respublikasiga tashrif

21.06.22

Qayta tiklanuvchi elektr energiyasiga bag‘ishlangan ko‘rgazma o‘tkazildi

20.06.22

Turizm transporti sohasidagi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan uchrashuv

18.06.22 - 23.06.22

FIA-2022 53-Jazoir xalqaro yarmarkasi

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Boʼlajak tadbirkor ayollarga sertifikatlar topshirildi.

Piskent tumanida “Аyollar daftari" ga kiritilgan tadbirkorlik faoliyatiga qiziqish bildirgan 58 nafar xotin-qizlarni “Biznes yaratish yoʼlida yetti qadam” tamoyili asosida tadbirkorlik asoslariga oʼqitish yoʼlga qoʼyilgan. Mazkur oʼquv kursining  1-bosqichida 20 nafar xotin-qizlar 48 soatga moʼljallagan dastur asosida tadbirkorlik asoslari boʼyicha bilim va koʼnikmalarga ega boʼldilar.

Tuman hokimligi binosida “Biznes yaratish yoʼlida yetti qadam” tamoyili asosida tashkil qilingan oʼquv kursining 1-bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan 15 nafar bitiruvchi ayollarga sertifikatlar topshirish marosimi boʼlib oʼtdi.

Tadbirda Piskent tumani hokimining birinchi oʼribosari, tuman “Xalq banki” boshqaruvchisining xotin-qizlar boʼyicha oʼrinbosari, Savdo-sanoat palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi tasarrufidagi Piskent tuman Tadbirkorlikka koʼmaklashish markazi bosh mutaxassisi ishtirok etishdi va ular tomonidan bitiruvchi boʼlajak tadbirkor ayollarga sertifikatlar topshirildi.

Аyni vaqtda ular orasida 5 nafariga "Xalq banki" tuman filiali tomonidan "Har bir oila tadbirkor" dasturi asosida imtiyozli kreditlar ajratilgan.

SSP Matbuot xizmati

20.08.2021

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06