11.08.22

Hurmatli tadbirkorlar!

11.08.22

Geologiya, togʼ-kon, metallurgiya va mashinasozlik sanoati masalalari qoʼmitasi yigʼilishi

5.08.22

Alibaba.com platformasida respublikamiz eksportyorlari uchun onlayn vebinar o`tkazildi

3.08.22

Marketing va reklama masalalari qoʼmitasining kengaytirilgan yigʼilishi

3.08.22

Hurmatli tadbirkorlar!

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Jahon Savdo Tashkilotiga (JST) aʼzo boʼlish borasida xususiy sektor bilan hamkorlik qilish masalalarida davra suhbati boʼlib oʼtdi.

2021 yil 17 avgust kuni Oʼzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan Xalqaro savdo markazi bilan hamkorlikda “Jahon Savdo Tashkilotiga (JST) qoʼshilishning xususiy sektor bilan bogʼliq afzalliklari hamda qiyinchiliklari haqida xabardorlikni oshirish” mavzusida davra suhbati oʼtkazildi.

Davra suhbatida Xalqaro savdo markazi eksperti Radjesh Аggarval tomonidan “JST ga aʼzo boʼlishning imkoniyatlari va qiyinchiliklari” mavzusida hamda Qozogʼistonning xalqaro savdo sohasidagi xalqaro eksperti Jarkin Kakimdjanova tomonidan “Qozogʼiston xususiy sektorining mamlakat JSTga aʼzo boʼlish jarayonidagi muzokaralarda va unga aʼzo boʼlgandan keyin faoliyatiga oid tajribasi” toʼgʼrisida taqdimotlar qilindi.

Mazkur tadbirda Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi masʼul xodimi Gʼafurjon Usmonov ishtirok etib, xalqaro ekspertlar bilan Oʼzbekistonni JSTga aʼzo boʼlish jarayonida xususiy sektor va iqtisodiyot tarmoqlarini bu borada xabardor qilish, JST ning kelgusida iqtisodiyot tarmoqlari va xususiy sektorga taʼsiri toʼgʼrisida atroflicha fikr almashdilar.

Tadbir yakunida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda Xalqaro savdo markazi ekspertlarini jalb etgan holda hamkorlikda kelgusida xususiy sektor uchun qator amaliy seminarlarni tashkil etishga kelishib olindi.

SSP Matbuot xizmati

17.08.2021

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06