23.09.22

Mansabdor shaxslarni tadbirkorlik subʼektlari faoliyatini tekshirish huquqini berish yuzasidan oʼtkazilgan attestatsiya komissiyalarida Savdo-sanoat palatasi vakillari ishtirok etdi

23.09.22

АQShning Jorj Vashington nomidagi universitet professori bilan uchrashuv

23.09.22

Palatada navbatdagi Ekspertlar kengashi yigʼilishi oʼtkazildi

22.09.22

Oʼzbekiston va Turkiya ishbilarmonlar biznes forumi

22.09.22

“Аyollarning savdodagi oʼrni: Markaziy Osiyoda toʼsiqlar, imkoniyatlar va ilgʼor tajribalar” navbatdagi mintaqaviy xotin-qizlar sammiti boʼlib oʼtdi

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Jamoatchilik ekspertizasi oʼtkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

“Oʼzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi toʼgʼrisida”gi Qonunning 22-moddasida belgilangan Savdo-sanoat palatasining qonun ijodkorligi sohasidagi vakolatlarini amalga oshirgan holda, Palata tomonidan qonunchilik hujjatlari loyihalari yuzasidan Jamoatchilik ekspertizalari oʼtkazilib, ularning tadbirkorlik faoliyatiga taʼsirini baholagan holda, salbiy hamda ijobiy xarakterdagi Xulosalar berib kelinmoqda.

Xususan, joriy yilning oʼtgan davri mobaynida 559 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi Palata tomonidan koʼrib chiqilib, Jamoatchilik ekspertizasi xulosalari berildi.

Misol uchun, Oʼzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʼrsatish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Koʼp kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, koʼp kvartirali uyni boshqarish organlari elektron reestri va boshqaruvchi tashkilotlar reytingini yuritish toʼgʼrisida”gi Qarori (ID-48178) loyihasi  jamoatchilik ekspertizasidan  oʼtkazilib, u yuzasidan quyidagicha Jamoatchilik ekspertizasi xulosasi berildi:

1.Loyiha 1-ilovasi 21-bandi uchinchi xatboshisiga koʼra:

“SS” va undan yuqori reytingga ega boʼlgan boshqaruvchi tashkilotlar uchun:

...

istisno tariqasida, davlat buyurtmachilari bilan belgilangan hududda kommunal xizmatlar koʼrsatish va favqulodda vaziyatlarda yordam koʼrsatish boʼyicha tanlov savdolari (tender)ni oʼtkazmasdan toʼgʼridan-toʼgʼri shartnoma tuzishga ruxsat beriladi;

...”.

Biroq, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi PF-5780-son Farmoni 27-bandi bilan vazirlik va idoralar, shuningdek, xoʼjalik boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga davlat xaridlarini amalga oshirishda istisno tarzida toʼgʼridan-toʼgʼri shartnomalar tuzish huquqini berishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish taqiqlangan.

Shuningdek, ushbu sohani tartibga soluvchi asosiy hujjat boʼlgan “Davlat xaridlari toʼgʼrisida”gi Qonunda ham bunday tartib nazarda tutilmagan.

Bunda, Qonunda belgilanmagan bu kabi tartibning qonunosti hujjat boʼlgan Hukumat qarorida belgilanishi yuqoridagi Qonundan chetga chiqish boʼlib, yuridik jihatdan notoʼgʼri hisoblanadi.

Shu sababli, loyiha 1-ilovasi 21-bandi uchinchi xatboshisini chiqarib tashlash lozim.

2.Loyiha 1-ilovasi 21-bandi oltinchi xatboshisiga koʼra:

..."

“SS” va undan yuqori reytingga ega boʼlgan boshqaruvchi tashkilotlar uchun:

Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ish joylari va texnik bazasini yaratish uchun yer uchastkalarini (ariza yuborilgandan keyin bir oy ichida), shu jumladan, turar-joylar hududidagi erkin hududlarda ajratadilar”.

Taʼkidlash lozimki, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 8 iyundagi PF-6243-son Farmoni 2-bandiga muvofiq qishloq xoʼjaligiga moʼljallanmagan yerlar mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auktsion orqali realizatsiya qilinadi.

Yaʼni, mahalliy davlat hokimiyati organlarining tadbirkorlik faoliyati uchun yer ajratish vakolatlari tugatilgan.

Shundan kelib chiqib, loyiha 1-ilovasi 21-bandi oltinchi xatboshisini chiqarib tashlash lozim.

3.Loyiha 1-ilovasi bilan Boshqaruvchi tashkilotlarni baholash mezonlari tasdiqlanmoqda.

Bunda, mezonlardan biri sifatida “Malakali va sertifikatga ega mutaxassislar” belgilangan.

Biroq, boshqaruvchi tashkilotlar xodimlari aynan qanday turdagi sertifikatlarga ega boʼlishi lozimligi aniqlashtirilmagan.

Shu bilan birga, taʼkidlash joizki, amaldagi qonunchilikka muvofiq koʼp kvartirali uylarni boshqaruvchi tashkilotlar faoliyatida xodimlarning sertifikatlarga ega boʼlishi talab etilmaydi.

Taklif etilayotgan tahrir amalda noaniqlik va chalkashlarga, ayrim sertifikatlarni tan olish, ayrimlarini tan olmaslik shaklida suiisteʼmollik va korruptsiya holatlariga sharoit yaratib berishi mumkin.

Shu sababli, loyiha 1-ilovasi bilan tasdiqlanayotgan Boshqaruvchi tashkilotlarni baholash mezonlarining 4-bandini (Malakali va sertifikatga ega mutaxassislar) chiqarib tashlash lozim.

4.Loyiha 2-ilovasi bilan koʼp kvartirali uylardan va koʼp kvartirali uylarga tutash yer uchastkalaridan foydalanish hamda ularni saqlash ishlarining boshlanishi toʼgʼrisida xabar berish yoʼnalishi boʼyicha davlat xizmatlarini koʼrsatishning Maʼmuriy reglamentini tasdiqlash taklif etilmoqda.

Biroq, loyihani ishlab chiqishga asos boʼlgan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining2021 yil 19 iyundagi PQ-5152-son qarorida bunday tartibning belgilanishi koʼrsatib oʼtilmagan.

Shu bilan birga, loyiha muallifi tomonidan ushbu yangi tartibning joriy etilishi asoslantirilmagan.

Shu sababli, loyiha 2-ilovasini chiqarib tashlash lozim.

SSP Matbuot xizmati

13.08.2021

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06