
Shayxontohur tumanida fuqarolar qabuli boʼlib oʼtdi
Toshkent shahar hokimining birinchi oʼrinbosari rahbarligida tuman hokimlari oʼrinbosarlari, tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirokida fuqarolar qabuli boʼlib oʼtdi.
Qabulda barcha murojaatlar atroflicha koʼrib chiqilib, ularning ayrimlarini qanoatlantirishga qaror qilindi. Аyrim masalalar esa tuman hokimlari huzuridagi komissiyalar tomonidan nazoratga olindi.
Shayxontohur tumani Ibn Sino 2 mavzesida yashayotgan Muhlisa Karimjonova ismli yosh tadbirkor faoliyat yuritish uchun yer ajratilishiga yordam soʼradi. Tegishli mutasaddilar bilan maslahatlashilgan holda, unga koʼp qavatli uylarning yertoʼlasi taʼmirlab berilishiga kelishib olindi.
Jumladan, Shayhontoxur tumani, Oqtepa mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Mujrim Obid 2-tor koʼchasini asfalt qilishda amaliy yordam koʼrsatilishini iltimos qildi. Fuqaroning murojaatini qanoatlantirish boʼychicha mutassaddilarga kerakli koʼrsatma berildi.
Shu bilan birga qabulga kelgan ayrim fuqarolarning koʼp qavatli uylar atrofida qoʼshimcha uylar qurilayotganligi, tadbirkorlik qilish uchun yer maydonlari ajratilishi va boshqa masalalardagi murojaatlari xam tahlil etildi.
13.08.2021
14:52