11.08.22

Hurmatli tadbirkorlar!

11.08.22

Geologiya, togʼ-kon, metallurgiya va mashinasozlik sanoati masalalari qoʼmitasi yigʼilishi

5.08.22

Alibaba.com platformasida respublikamiz eksportyorlari uchun onlayn vebinar o`tkazildi

3.08.22

Marketing va reklama masalalari qoʼmitasining kengaytirilgan yigʼilishi

3.08.22

Hurmatli tadbirkorlar!

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Oʼzbekiston va Benilyuks davlatlari oʼrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama etildi

Oʼzbekiston va Niderlandiya, Belgiya, Daniya, Lyuksemburg davlatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni yana kengaytirish maqsadida 2021 yil 6 avgust kuni Oʼzbekiston Respublikasining Belgiyadagi elchixonasi konsuli А.Аbdurashidov va Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi Eksportga koʼmaklashish boshqarmasi masʼul xodimi Gʼ.Usmonov oʼrtasida onlayn muloqot boʼlib oʼtdi.

Muloqot davomida Oʼzbekistonning eksportbop mahsulotlari uchun Benilyuks davlatlari va Daniya bozorlariga kirib borishlariga qulay shart-sharoit yaratish, salohiyatli xorijiy xaridorlar bilan hamkorlik aloqalarini oʼrnatish hamda ushbu davlatlarda eksportni ragʼbatlantirishga qaratilgan qator chora-tadbirlarni hamkorlikda amalga oshirish masalalari koʼrib chiqildi.

Jumladan, uchrashuvda Oʼzbekistonning meva-sabzavot, tekstil, charm-poyabzal, kabel-oʼtkazgichli, hunarmandchilik mahsulotlarini Benilyuks davlatlari va Daniyaga yetkazib berishda xorijiy hamkorlar bilan Oʼzbekiston mahsulotlari uchun doimiy faoliyat koʼrsatuvchi shou-rumni tashkil etish, Oʼzbekiston elchixonasi koʼmagida ushbu davlatlarda “Oʼzbekistonda ishlab chiqarilgan” rukni ostida kichik milliy koʼrgazmani tashkil etish hamda mazkur tadbirlarga salohiyatli eksporterlarni jalb etish borasidagi masalalar atroflicha muhokama etildi.

Muloqot yakunida Benilyuks davlatlari va Daniyada respublikamiz eksportyorlarini qoʼllab-quvvatlash borasidagi sa'y-harakatlarni Oʼzbekistonning Belgiyadagi elchixonasi va Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi hamkorlikda olib borishga kelishib olindi.

SSP Axborot-xizmati 

 

06.08.2021

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06