18.06.21

Sholikorlarga subsidiyalar berish tartibi tasdiqlandi

15.06.21

Jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

9.06.21

Tadbirkorlarning muammolarini o‘rganish maqsadida Palata tomonidan joylarda uchrashuvlar o‘tkazilmoqda

3.06.21

Respublikamizda turizmni rivojalantirishga qaratilgan istiqbolli investision loyiha muhokama qilindi

2.06.21

Surxondaryoda infratuzilmani yaxshilash uchun 1 trillion 900 milliard so‘m ajratiladi

29.06.21 - 30.06.21

Yashil binolarda malaka oshirish dasturi

15.06.21 - 17.06.21

Qishloq xo'jaligi

9.06.21 - 11.05.21

Sog'liqni saqlash

9.06.21 - 11.05.21

Stomatologiya

9.06.21 - 11.06.21

Farmatsevtika sanoati

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

“Savdo va xavfsizlik” tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Poytaxtimizdagi “Turkiston” saroyida “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” shiori ostida tashkil etilgan “Savdo va xavfsizlik” ko‘rik-tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-iyuldagi qaroriga asosan o‘tkazilayotgan “Savdo va xavfsizlik” ko‘rik-tanlovi savdo va umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarining xizmat ko‘rsatish sifati va madaniyatini oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

Ko‘rik-tanlov bu yil ilk bor Toshkent shahri miqyosida o‘tkazildi. Unda restoran, bar, kafe, choyxona ko‘rinishidagi umumiy ovqatlanish shoxobchalari, bozor, gipermarket, supermarket, minimarket, kiosk shaklidagi tadbirkorlik subyektlari qatnashdi. Tanlovning shahar bosqichida 64 ishtirokchi o‘zaro bahslashdi. 

Hakamlar hay’ati g‘oliblarni aniqlashda obyektlarda aholi xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan zamonaviy texnologiyalarning tatbiq etilishi, davlat standartlari, gigiyena, sanitariya, yong‘in xavfsizligiga oid normativ hujjatlar, qoida va talablarlarning bajarilishi, shoxobchalarga yondosh hududlarning obodonligiga e’tibor qaratdi. 

“Mind Azia” mas’uliyati cheklangan jamiyati “Eng yaxshi yirik savdo obyekti”, “Suxail Nur” mas’uliyati cheklangan jamiyati “Eng yaxshi o‘rta savdo obyekti”, “Karamel” mas’uliyati cheklangan jamiyati “Eng yaxshi savdo obyekti”, “Ilk biznes” mas’uliyati cheklangan jamiyati “Eng yaxshi restoran”, “Mob Group” mas’uliyati cheklangan jamiyati “Eng yaxshi kafe”, “New Lessor Group” mas’uliyati cheklangan jamiyati “Eng yaxshi choyxona” nominatsiyalarida g‘olib deb topildi. 

– Zamonaviy savdo majmuamizda oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, sovg‘alar xarid qilish bilan birga har tomonlama shinam kafelarda oilaviy dam olish uchun ham barcha sharoit yaratilgan, – deydi tanlov g‘olibi, “Mind Azia” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Bobur Yoqubov. – Tanlov g‘olibi sifatida e’tirof etilganimizdan xursandmiz. Kelajakda ishimizni yanada kengaytirib, aholi ehtiyojlarini yanada to‘laroq qondirish niyatidamiz. 

G‘oliblar diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandi. Konsert dasturi barchaga xushnudlik ulashdi. 

Tadbirda Toshkent shahar hokimi R.Usmonov so‘zga chiqdi. 

Manba: uza.uz

29.08.2016

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06