17.07.21

Tadbirkorlik sub'ektlari Savdo-sanoat palatasining ishonchli himoyasida

16.07.21

Jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

7.07.21

Nodavlat ta'lim tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va ta'lim jarayonida yoshlar uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida

2.07.21

Yoshlarni tadbirkorlikka oʼqitish davom etmoqda

2.07.21

Toshkent viloyatida Kasaba uyushmalari federatsiyasi yigʼilishi oʼtkazildi.

30.07.21 - 30.07.21

Korporativ firibgarlikni boshqarish va RIsk menejmenti bo'yicha konferentsiya

15.07.21 - 16.07.21

Qayta tiklanadigan energetika sohasidagi "Aatmanirbhar Bharat" imkoniyatlari bo'yicha 2-raqamli konferentsiya va ko'rgazma.

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi Qonunning 22-moddasida belgilangan Savdo-sanoat palatasining qonun ijodkorligi sohasidagi vakolatlarini amalga oshirgan holda, Palata tomonidan qonunchilik hujjatlari loyihalari yuzasidan Jamoatchilik ekspertizalari o‘tkazilib, ularning tadbirkorlik faoliyatiga ta'sirini baholagan holda, salbiy hamda ijobiy xarakterdagi Xulosalar berib kelinmoqda.

Xususan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 451 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi Palata tomonidan ko‘rib chiqilib, Jamoatchilik ekspertizasi xulosalari berildi.

Misol uchun, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Telekommunikasiya, xavfsizlik va boshqa davlat hamda hududiy dasturlar doirasida yo‘nalishlardagi loyihalarda ishtirok etish uchun ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik markazlari (R&D) faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori (ID-46269) loyihasi  jamoatchilik ekspertizasidan  o‘tkazilib, u yuzasidan quyidagicha Jamoatchilik ekspertizasi xulosasi berildi:

1. Loyiha 1-bandi bilan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik markazlarining faoliyat yo‘nalishlari va asosiy vazifalari belgilangan.

Ta'kidlash lozimki, mazkur turdagi markazlar tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan ham tashkil etilishi mumkin.

Bunda, loyihada yuqorida keltirilgan markazlarning faoliyat yo‘nalishlari va asosiy vazifalarini belgilab qo‘yish mazmunan tadbirkorlik erkinligi tamoyillariga zid keladi.

Shu bois, loyihada faqat davlat tomonidan tashkil qilinadigan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik markazlarining faoliyat yo‘nalishlari va asosiy vazifalarini belgilab qo‘yish maqsadga muvofiq.

2. Loyiha 3-bandi uchinchi xatboshisiga ko‘ra: “Davlat dasturlari va boshqa mahalliy dasturlar doirasida amalga oshiriladigan telekommunikasiya, xavfsizlik va IT-loyihalarda ishtirok etish istagini bildirgan xorijiy ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalarga respublikada o‘zlarining ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik markazlarini (R&D) ochish talabi qo‘yiladi”.

Bunda, xorijiy ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalarga respublikada o‘zlarining ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik markazlarini (R&D) ochish talabi belgilanmoqda, ya'ni yangi turdagi majburiyat yuklanmoqda.

Biroq, mazkur talab loyiha muallifi tomonidan asoslantirilmagan, xorijiy tajriba keltirilmagan.

Shuningdek, mazkur talab mazmunan xorijiy investorlarning huquqiy va moliyaviy ahvolini og‘irlashtirib, ularning ushbu sohaga erkin kirishini cheklanishiga olib kelishi mumkin.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, loyiha 3-bandi uchinchi xatboshisi va 4-bandini chiqarib tashlash lozim.

3. Loyiha 1-ilovasi bilan Ilmiy-tadqiqot va tajriba-kostruktorlik markazlari (R&D) namunaviy tuzilmasi tasdiqlanmoqda.

Mazkur Xulosaning 1-bandida keltirilgan asoslarni inobatga olib, loyiha 1-ilovasini faqat davlat tomonidan tashkil qilinadigan markazlarga nisbatan tatbiq etilishini belgilab qo‘yish lozim.

4. Loyiha 2-ilovasi bilan Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik markazlarining namunaviy nizomi tasdiqlanmoqda.

Mazkur Xulosaning 1-bandida keltirilgan asoslarni inobatga olib, loyiha 2-ilovasini faqat davlat tomonidan tashkil qilinadigan markazlarga nisbatan tatbiq etilishini belgilab qo‘yish lozim.

5. Loyiha 3-ilovasi bilan Telekommunikasiya, xavfsizlik va boshqa davlat hamda hududiy dasturlar doirasida yo‘nalishlardagi loyihalarda ishtirok etish uchun ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik markazlari (R&D) faoliyatini olib borish tartibi tasdiqlanmoqda.

Mazkur Xulosaning 1-bandida keltirilgan asoslarni inobatga olib, loyiha 3-ilovasini faqat davlat tomonidan tashkil qilinadigan markazlarga nisbatan tatbiq etilishini belgilab qo‘yish lozim.

6. Loyiha 4-ilovasi bilan Ilmiy tadqiqotlarga va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarga doir xarajatlarni foyda solig‘i bo‘yicha soliq solinadigan bazadan 2 koeffisient qo‘llanilgan holda chegirish tartibi tasdiqlanmoqda.

Shuni inobatga olish lozimki, soliq ma'muriyatchiligiga doir asosiy masalalar Soliq kodeksi bilan belgilangan.

Xususan, Kodeksning 312-moddasida ilmiy tadqiqotlarga va (yoki) tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga doir xarajatlarga oid normalar belgilangan.

Biroq, Soliq kodeksida Hukumatning yuqoridagi tartibni belgilashi nazarda tutilmagan.

Bunda, Soliq kodeksi talablaridan chetga chiqish holati kuzatilmoqda.

Shu sababli, loyiha 4-ilovasida nazarda tutilgan masalalarni Soliq kodeksi doirasida belgilanishi yuridik jihatdan to‘g‘ri bo‘lar edi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, loyiha 4-ilovasini chiqarib tashlash lozim.

SSP Matbuot xizmati

15.06.2021

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06