17.07.21

Tadbirkorlik sub'ektlari Savdo-sanoat palatasining ishonchli himoyasida

16.07.21

Jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

7.07.21

Nodavlat ta'lim tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va ta'lim jarayonida yoshlar uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida

2.07.21

Yoshlarni tadbirkorlikka oʼqitish davom etmoqda

2.07.21

Toshkent viloyatida Kasaba uyushmalari federatsiyasi yigʼilishi oʼtkazildi.

30.07.21 - 30.07.21

Korporativ firibgarlikni boshqarish va RIsk menejmenti bo'yicha konferentsiya

15.07.21 - 16.07.21

Qayta tiklanadigan energetika sohasidagi "Aatmanirbhar Bharat" imkoniyatlari bo'yicha 2-raqamli konferentsiya va ko'rgazma.

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Tadbirkorlarning muammolarini o‘rganish maqsadida Palata tomonidan joylarda uchrashuvlar o‘tkazilmoqda

Mamlakatimizda ishbilarmonlik va investisiya muhitini tubdan yaxshilash hamda tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida izchil ishlar olib borilmoqda.

Shuni ta'kidlash lozimki, ushbu sohada Palata rahbariyati va hududiy boshqarma xodimlari tomonidan tizimli ravishda joylarda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, tadbirkorlar faoliyatidagi muammolar, qiyinchiliklar va to‘siqlarni aniqlab, ularni bartaraf etishda tegishli choralar qo‘rilmoqda.

Hususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan tadbirkorlar faoliyatida vujudga kelayotgan muammolarni o‘rganish va ularni hal etish maqsadida, Palata, Biznes-ombudsman, Markaziy bank va viloyat hokimliklari hamkorligida “Toshkent viloyati tajribasi” bo‘yicha Respublikaning barcha viloyatlarida tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 maydagi PF-5718-sonli Farmoniga asosan, Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatini ko‘rib chiqish qabulxonalari tashkil etilishi munosabati bilan Palata Raisi boshchiligidagi Ishchi guruhi tomonidan viloyatlarda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

O‘tkazilgan ushbu uchrashuvlarda 20 000 nafarga yaqin tadbirkorlar ishtirok etib, ular tomonidan tadbirkorlikka oid bo‘lgan 7 982 ta muammo va takliflar bildirilgan.

Muammo va takliflar tahlil qilinib, hudud kesimida ko‘rib chiqiladigan masalalar hududdagi tegishli mas'ullar ishtirokida, respublika darajasida ko‘rib chiqiladigan masalalar esa Palata huzuridagi huquqiy masalalar bo‘yicha Ekspertlar kengashida tegishli idoralarning vakillari hamda tadbirkorlar ishtirokida muhokama etilib, muammolarni hal etish tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Tadbirkorlar muammolarini o‘rganish va ularni hal etish bo‘yicha Bosh vazir o‘rinbosarlari rahbarligida Ishchi guruhlar tashkil etilgan bo‘lib, ular tarkibiga Palata rahbariyati ham kiritilgan.

Birgina 2021 yilning 5 oyida Bosh vazir o‘rinbosarlari rahbarligidagi Ishchi guruhlar tomonidan Respublikaning barcha viloyatlarida tadbirkorlik sub'ektlari vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda jami 2 586 nafar tadbirkorlar ishtirok etgan va ular tomonidan 3 697 ta muammoli masalalar ko‘tarilgan. Ushbu masalalar tegishli idoralar bilan hal etish choralari ko‘rilgan.

SSP Matbuot xizmati

09.06.2021

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06