2.12.22

Samarqandda O‘zbekiston-Rossiya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

29.11.22

“O‘zbekiston biznes hamjamiyatida halollik” II biznes forumi bo‘lib o‘tdi

28.11.22

Turkiyada “Oʼzbekiston Milliy pavilioni” tashkil etildi

28.11.22

To‘qimachilik mahsulotlarini AQSH bozoriga eksport qilish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

24.11.22

Turkiya-O‘zbekiston iqtisodiy hamkorligini yanada rivojlantirishda yangi istiqbollar

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Xitoyning “Sam’s Club China” ulgurji va chakana savdo markazlari tarmog‘i bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekistonning milliy mahsulotlarini Xitoy bozoriga eksportini rivojlantirish maqsadida Xitoyning “Sam’s Club China” ulgurji va chakana savdo markazlari tarmog‘i bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi.

“Sam’s Club China” savdo markazlari tarmog‘i AQShning “Walmart  Inc.”savdo tarmog‘iga qarashli bo‘lib, Xitoyda faoliyat yuritayotgan mazkur savdo tarmoqlari uchun xalq iste'moli tovarlarini chet eldan import qilish bilan shug‘ullanadi.

Ma'lumot uchun: “Sam’s Club China” savdo markazlari tarmog‘i bo‘yicha batafsil ma'lumotni http://www.wal-martchina.com/english/ veb-saytidan olshingiz mumkin.

“Sam’s Club China” savdo markazlari orqali o‘z mahsulotlarini Xitoyda sotmoqchi bo‘lgan tadbirkorlik sub'ektlari ilovadagi so‘rovnoma-anketani to‘ldirgan holda “Sam’s Club China” savdo markazlari tarmog‘iga taqdim etishlari, mahsulot yetkazib berish takliflari saralab olingandan so‘ng, “Sam’s Club China” savdo markazi tomonidan hamkorlik shartlari va talablari ma'lum qilinadi.

Hozirda Savdo-sanoat palatasi tomonidan Xitoyning “Sam’s Club China” savdo markazlari tarmog‘ida o‘z mahsulotlarini sotish istagida bo‘lgan tadbirkorlik sub'ektlarining takliflari yig‘ilmoqda.

Shu munosabat bilan, Xitoyning “Sam’s Club China” savdo markazlari tarmog‘ida o‘z mahsulotlarini sotish istagida bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari ilovadagi so‘rovnoma-anketalarni to‘ldirib, elektron ko‘rinishda 2021 yil 1 aprelga qadar Palataning Eksportga ko‘maklashish boshqarmasi expo@chamber.uz elektron manziliga taqdim etishlari mumkin.

SSP Matbuot xizmati

24.03.2021

11:11

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06