25.10.21

AYRIM TURDAGI MEVALAR BOJХONA BOJIDAN OZOD QILINDI

18.10.21

Bekobod shahrida "Yoshlar 1+1" dasturi doirasida yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratish yuzasidan ishlar surati jadal ketmoqda.

18.10.21

Sirdaryoda tadbirkorlarning muammolariga “mijozbay” tizimi orqali amaliy yordam koʼrsatilmoqda

18.10.21

Yakkasaroy tumanida oʼquv kurslarining navbatdagi bosqichi boshlandi

18.10.21

Nurafshon shahrida kichik sanoat zonasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyati oʼrganildi.

6.10.21 - 8.10.21

To'qimachilik va moda sanoati

6.10.21 - 8.10.21

To'qimachilik uskunalari va texnologiyalari

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

“O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi Qonunning 22-moddasida belgilangan Savdo-sanoat palatasining qonun ijodkorligi sohasidagi vakolatlarini amalga oshirgan holda, Palata tomonidan qonunchilik hujjatlari loyihalari yuzasidan Jamoatchilik ekspertizalari o‘tkazilib, ularning tadbirkorlik faoliyatiga ta'sirini baholagan holda, salbiy hamda ijobiy xarakterdagi Xulosalar berib kelinmoqda.

Xususan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 166 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi Palata tomonidan ko‘rib chiqilib, Jamoatchilik ekspertizasi xulosalari berildi.

Misol uchun, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligiga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori (ID-29972) loyihasi  jamoatchilik ekspertizasidan  o‘tkazilib, u yuzasidan quyidagicha Jamoatchilik ekspertizasi xulosasi berildi:

1. Loyiha 1-ilovasi bilan Original, elita va keyingi avlodlarga mansub urug‘lik paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlarini yetishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlari o‘rtasida tanlov o‘tkazish tartibini tasdiqlash belgilangan.

Shuningdek, ushbu tanlov natijasiga ko‘ra, tanlov g‘oliblariga urug‘lik paxta xomashyosi yoki urug‘lik boshoqli don ekinlarini yetishtirish huquqini beruvchi hujjatlarni taqdim etish, mazkur hujjatning amal qilish muddatini
3 yil qilib belgilash nazarda tutilgan.

Bunda, yuqoridagi normalar bilan urug‘lik sholi yetishtirish faqat mazkur turdagi huquqqa ega bo‘lgan urug‘lik yetishtiruvchi sub'ektlar tomonidan amalga oshirilishi nazarda tutilmoqda.

Ya'ni, mazmunan yangi turdagi ruxsat berish tartib-taomili joriy etilmoqda.

Ta'kidlash lozimki, urug‘chilik sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi “Urug‘chilik to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan bo‘lib, unda urug‘lik yetishtirish huquqi uchun ruxsat berilishi yoki ushbu faoliyat faqat mazkur turdagi huquqqa ega bo‘lgan urug‘lik yetishtiruvchi sub'ektlar tomonidan amalga oshirilishi nazarda tutilmagan.

Bunda, ushbu sohani tartibga soluvchi Qonunda nazarda tutilmagan qoidalarni qonunosti hujjat bilan belgilanishi, Qonundan chetga chiqish holatlariga sabab bo‘ladi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 avgustdagi PF-6044-son Farmoni 5-bandi to‘rtinchi xatboshisiga muvofiq amalga oshirilishi uchun lisenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat va vakolatli organni xabardor qilish talab etiladigan faoliyat turlari ro‘yxatlari qonun bilan tasdiqlanadi.

Ya'ni, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat talab etiladigan faoliyat turlari ro‘yxati qonun bilan tasdiqlanadi hamda qonunosti hujjat bilan yangi shakldagi ruxsat berish tartib-taomilini joriy etish yuridik jihatdan noto‘g‘ri.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, loyihani mazmunan qayta ko‘rib chiqish, shu jumladan urug‘lik yetishtiruvchi sub'ektlarga urug‘lik yetishtirish huquqini berish yoki urug‘lik yetishtirish huquqidan mahrum etishni nazarda tutuvchi normalarni chiqarib tashlash lozim.

2. Loyiha 1-ilovasida tanlov g‘oliblari bo‘lgan urug‘lik yetishtiruvchilarning vazifa va funksiyalari belgilangan.

Ta'kidlash lozimki, urug‘chilik sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi “Urug‘chilik to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan bo‘lib, unda urug‘chilik sub'ektlarining huquq va majburiyatlari belgilangan.

Xususan, yuqoridagi norma bilan urug‘chilik sub'ektlarining Qonunda ko‘rsatib o‘tilmagan, mazmunan majburiyatni bildiruvchi, vazifa va funksiyalarini belgilash amalda ularga ortiqcha majburiyatlar yuklanishiga hamda Qonundan chetga chiqish holatlariga sabab bo‘lishi mumkin.

Bunda urug‘chilik sub'ektlarining huquq va majburiyatlarining aniq ro‘yhati faqat Qonunda nazarda tutilishi maqsadga muvofiq.

Shu bois, loyihadan urug‘chilik sub'ektlariga ortiqcha majburiyat yuklovchi normalarni chiqarib tashlash lozim.

3. Mazkur Xulosa 1-bandida keltirilgan asoslarni inobatga olgan holda, loyiha 2-ilovasi 3-bobini qayta ko‘rib chiqish lozim.

4. Loyiha 5-ilovasi nomlanishiga ko‘ra, “Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkaning yaratilgan navlari mualliflarini rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom deb belgilangan bo‘lsada, biroq unda bunday rag‘batlantirishning aniq mexanizmlari ko‘rsatilmagan.

Xususan, rag‘batlantirish yoki rag‘batlantirishni rad etish asoslari, qaror qabul qilish tartibi, rag‘batlantirishning aniq miqdori kabi zarur masalalar nazarda tutilmagan.

Bu esa, amaliyotda turli noaniqliklar va tushunmovchiliklarni keltirib chiqarib, suiiste'molchilik va korrupsiya holatlariga yo‘l ochishi mumkin.

Shu bois, mazkur ilovada yuqoridagi masalalarni aniq belgilash lozim.

5. Loyiha 5-ilovasining asosiy qismini Nizomda keltirilgan asosiy tushunchalar tashkil etgan.

Mazkur tushunchalar va ularga berilgan ta'riflar “Urug‘chilik to‘g‘risida”gi Qonunda aynan belgilangan.

Ushbu tushunchalarni mazkur loyihada ham qayta aynan takrorlash zarurati bo‘lmaganligi bois, ularni chiqarib tashlash tavsiya etiladi.

6. Loyiha 6-ilovasi 7-bandiga ko‘ra, “Respublika hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat aprobasiya komissiyalari tarkibi manfaatdor vazirlik va tashkilotlar bilan kelishilgan holda imzolanadigan qo‘shma bayonnomaga muvofiq, tuman aprobasiya komissiyalarining tarkibi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmalari hamda manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi”, - deb belgilangan.

“Urug‘chilik to‘g‘risida”gi Qonunning 19-moddasiga ko‘ra, “Urug‘lik yetishtirish uchun foydalaniladigan urug‘lik ekinlarning aprobasiyasi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hududiy organlarining, shuningdek tegishli tayyorlov hamda ta'minot tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning qo‘shma qarori bilan tuziladigan tuman aprobasiya komissiyalari tomonidan o‘tkaziladi”.

Ko‘rinib turganidek, bunda aprobasiya faqat tuman aprobasiya komissiyalari tomonidan amalga oshirilishi hamda ularni tashkil etish tartibi aniq belgilangan.

Loyihada esa, mazkur Qonundan farq qiluvchi normalar belgilangan. Bu esa, yuridik jihatdan mutlaqo noto‘g‘ridir.

Shu bois, yuqoridagi normani Qonun talablariga muvofiqlashtirish yoki ushbu normada komissiyalar Qonunda belgilangan tartibda tashkil etilishini nazarda tutish lozim.

7. Loyiha 6-ilovasi bilan qishloq xo‘jaligi ekinlarining urug‘lik uchun ekilgan maydonlarida aprobasiya o‘tkazish tartibi belgilanishi nazarda tutilgan bo‘lsada, biroq unda aprobasiya o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lmagan normalar ham belgilangan.

“Urug‘chilik to‘g‘risida”gi Qonunning 3-moddasiga ko‘ra, “aprobasiya — o‘simliklarning genetik (nav) jihatdan sofligini, zararkunandalar bilan zararlangan-zararlanmaganligini, kasalliklarga chalingan-chalinmaganligini va ekish uchun mo‘ljallangan urug‘liklarning umumiy holatini aniqlash uchun dalada o‘tkaziladigan tekshiruv”dir.

Ya'ni, bu tekshiruvni o‘tkazish tartibi faqatgina o‘simliklar holatini tekshirilishi bilan bog‘liq bo‘lishi shart.

Mazkur ilovaning 15-16-bandlari, 3-bobi 4-paragrafi (Kutilayotgan hosildorlikni prognoz (bashorat) qilish) va 6-paragrafi (Urug‘lik paxta xomashyosini terib olish va paxta qabul qilish maskanlariga topshirish)da esa, aprobasiya o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lmagan ortiqcha normalar belgilanganligi bois, ushbu normalarni loyiha 6-ilovasidan chiqarib tashlash lozim.

8. Loyihaning 7-8-ilovalariga ko‘ra, urug‘lik paxta xomashyosini va donni qabul qilish, tayyorlash, dorilash, saqlash, tarqatish bilan bog‘liq bo‘lgan normalarni belgilash nazarda tutilgan.

Ammo, mazkur masalalarni normativ-huquqiy hujjat bilan qat'iy tartibga solish zarurati mavjud bo‘lmaganligi bois, ushbu hujjatlarni tavsiyaviy xarakterda (aynan Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlash emas, balki yo‘riqnoma tarzida) ishlab chiqish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Xususan, amaliyotda “O‘zpaxtasanoat” AJ tomonidan 2011 yilda ishlab chiqilgan Paxta qabul qilish va saqlash bo‘yicha Yo‘riqnoma mavjud.

9. Loyihaga tushuntirish xatida keltirilishicha, mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 fevraldagi PF–6155-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Davlat dasturining 126-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida ishlab chiqilgan.

Biroq, loyihani ishlab chiqishda mazkur Farmonning asosiy talablari chetda qolib ketgan.

Xususan, unda “Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi, urug‘chilik va ko‘chatchilik tizimini takomillashtirish, xaridorlarni kafolatlangan urug‘lik va ko‘chatlar bilan ta'minlash mexanizmini joriy etish” nazarda tutilgan bo‘lib, normativ-huquqiy hujjat loyihasida quyidagilar ko‘rsatilishi belgilangan:

Jahon bozori kon'yunkturasini hisobga olgan holda, respublika tuproq-iqlim sharoitlariga mos qishloq xo‘jaligi ekinlari turlari va navlarini aniqlash, hududlarni ixtisoslashtirish;

nav mualliflarining manfaatdorligini oshirish, sifatli urug‘liklar bilan ta'minlash;

davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy sektorni ilm-fan bilan uzviy bog‘lash orqali seleksiya, urug‘chilik va ko‘chatchilik sohasini rivojlantirish;

tadbirkorlar tomonidan urug‘chilik va ko‘chatchilikni rivojlantirish bo‘yicha kooperatsiyalarni tashkil etish.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda hamda belgilangan topshiriqlar ijrosini aniq ta'minlash maqsadida, mazkur loyihani mazmunan qayta ko‘rib chiqish hamda unda Davlat dasturida belgilangan masalalarni nazarda tutish lozim.

SSP Axborot-xizmati

19.03.2021

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06