12.04.21

Har bir “VATT” qadrli

9.04.21

“Yoshlar:1+1” dasturi davom etmoqda

9.04.21

«Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar» to‘g‘risidagi qarori ijrosi bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

9.04.21

Rossiya federatsiyasining Savdo-sanoat palatasi vitse-prezidenti Kurochkin Dimitriy Nikolaevich boshchiligidagi delegasiya Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi.

8.04.21

Ommaviy tartibsizliklarga da'vat qilganlik uchun javobgarlik belgilandi

28.04.21 - 30.04.21

Oziq-ovqat sanoati

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

“O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi Qonunning 22-moddasida belgilangan Savdo-sanoat palatasining qonun ijodkorligi sohasidagi vakolatlarini amalga oshirgan holda, Palata tomonidan qonunchilik hujjatlari loyihalari yuzasidan Jamoatchilik ekspertizalari o‘tkazilib, ularning tadbirkorlik faoliyatiga ta'sirini baholagan holda, salbiy hamda ijobiy xarakterdagi Xulosalar berib kelinmoqda.

Xususan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 141 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi Palata tomonidan ko‘rib chiqilib, Jamoatchilik ekspertizasi xulosalari berildi.

Misol uchun, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta xom-ashyosi yetishtirishga bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori loyihasi  jamoatchilik ekspertizasidan  o‘tkazilib, u yuzasidan quyidagicha Jamoatchilik ekspertizasi xulosasi berildi:

1. Loyiha 8-bandi to‘rtinchi xatboshiga ko‘ra, “buyurtmachilar tomonidan fermer xo‘jaliklariga moddiy-texnik resurslar yetkazib berish (xizmatlar ko‘rsatish) shartnomalarida buyurtmachining yetkazib berish ustamasi birjadan xarid qilingan yoki import qilingan mahsulot qiymatning 10 foizidan oshmasligi ko‘rsatilsin”, - deb belgilangan.

Ko‘rinib turganidek, bunda shartnoma orqali tartibga solinadigan hamda shartnoma taraflari o‘rtasida o‘zaro belgilanadigan munosabatlarni qat'iy belgilab berish nazarda tutilgan.

Biroq, bu yuridik nuqtai nazardan to‘g‘ri bo‘lmaydi. Vaholangki, tadbirkorlik sub'ektlari mahsulot yetkazib berish ustamasini o‘zaro kelishilgan holda belgilashlari va buni shartnomada ko‘rsatishlari mumkin.

Shu bois, loyihada bunday mazmundagi normalarni belgilash maqsadga muvofiq emas.

2. Loyiha 7-bandiga ko‘ra, “Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2021 yil hosilidan boshlab fermer xo‘jaliklariga ijara huquqi asosida biriktirilgan maydonda yetishtirilgan paxta xom-ashyosini, mavsum boshida tuziladigan kontraktasiya - shartnomalari yoki f'yuchers shartnomalari asosida respublikada faoliyat olib borayotgan istalgan klasterlar, kooperativlar va boshqa qayta ishlovchilarga (keyingi o‘rinlarda - buyurtmachilar) sotish huquqi beriladi”, - deb belgilangan.

Loyiha 10-bandi ikkinchi xatboshiga ko‘ra esa, “Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda kontraktasiya shartnomalari tuzilishi, ro‘yxatga olinishi va ularning ijrosi yuzasidan on-line monitoring yuritish imkonini beruvchi raqamli dastur” ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi nazarda tutilgan.

Bunda, kontraktasiya – shartnomalarini mavsum boshida tuzilishi, ularning ro‘yxatga olinishi hamda monitoring yuritilishi bilan bog‘liq normalar belgilangan.

Biroq, mazkur masalalar Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 4 sentyabrdagi 383-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar bilan tayyorlov, xizmat ko‘rsatish tashkilotlari o‘rtasida shartnomalar tuzish, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish, bajarish, shuningdek ularning bajarilishi monitoringini olib borish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom bilan to‘liq tartibga solingan.

Shu bois, mazkur masalalarni yangi normativ-huquqiy hujjat bilan qayta aynan tartibga solish zarurati yo‘q.

Aksincha, yuqoridagi Nizom talablari amalda eskirganligi, hozirgi kunda mazkur sohada olib borilayotgan yangicha islohotlar talabiga javob bermayotganligi bois, yuqoridagi kabi talablarni bekor qilish, paxta xom-ashyosi xaridiga nisbatan shartnomalarni erkin tuzilishi, shartnoma sub'ektlari doirasiga nisbatan cheklovlarni bekor qilinishini nazarda tutuvchi loyiha ishlab chiqilishi maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

SSP Axborot-xizmati

01.03.2021

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06