25.10.21

AYRIM TURDAGI MEVALAR BOJХONA BOJIDAN OZOD QILINDI

18.10.21

Bekobod shahrida "Yoshlar 1+1" dasturi doirasida yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratish yuzasidan ishlar surati jadal ketmoqda.

18.10.21

Sirdaryoda tadbirkorlarning muammolariga “mijozbay” tizimi orqali amaliy yordam koʼrsatilmoqda

18.10.21

Yakkasaroy tumanida oʼquv kurslarining navbatdagi bosqichi boshlandi

18.10.21

Nurafshon shahrida kichik sanoat zonasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyati oʼrganildi.

6.10.21 - 8.10.21

To'qimachilik va moda sanoati

6.10.21 - 8.10.21

To'qimachilik uskunalari va texnologiyalari

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Davra suhbati: 2021 yilga moʼljallangan Davlat dasturini amalga oshirish mexanizmlari

Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti tomonidan “Yoshlarni qoʼllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturining mazmun-mohiyati, amalga oshirish mexanizmi va kutilayotgan natijalar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi vakillari, vazirlik va idoralar qatori Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi vakili ham ishtirok etib, Davlat dasturida belgilab berilgan «Yoshlar: 1+1» dasturi doirasida uyushmagan va ishsiz yoshlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka oʼqitish hamda «Har bir tadbirkor — yoshlarga madadkor» tamoyili asosida koʼngilli tadbirkorlarni jalb etgan holda 1 nafar tadbirkorga 1 nafardan ishsiz yoshlarni biriktirish tashabbusini amalga oshirish mexanizmlari, mazmun-mohiyati, hozirgi holat va kutilayotgan natijalar toʼgʼrisida oʼz fikr-mulohazalarini bildirdi.

Jumladan,  Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan joriy yil 27 yanvar kuni “Yoshlar bandligini taʼminlash va ularning boʼsh vaqtini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” oʼtkazgan videoselektorida yoshlar bandligini taʼminlash boʼyicha oldinda turgan muhim vazifalar belgilab berilganligi taʼkidlab oʼtildi.

Maqola, "Tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish boʼyicha dasturlar ishlab chiqish va ularni monitoring qilish boshqarmasi" tomonidan tayyorlandi.

SSP Matbuot xizmati

13.02.2021

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06