2.12.22

Samarqandda O‘zbekiston-Rossiya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

29.11.22

“O‘zbekiston biznes hamjamiyatida halollik” II biznes forumi bo‘lib o‘tdi

28.11.22

Turkiyada “Oʼzbekiston Milliy pavilioni” tashkil etildi

28.11.22

To‘qimachilik mahsulotlarini AQSH bozoriga eksport qilish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

24.11.22

Turkiya-O‘zbekiston iqtisodiy hamkorligini yanada rivojlantirishda yangi istiqbollar

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Savdo-sanoat palatasining yuridik sektor masʼul xodimlari ishtirokida davra suhbati boʼlib oʼtdi

Joriy yilning 5 fevral kuni Savdo-sanoat palatasida sud qarorlarini qayta koʼrish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Fuqarolik protsessual, Iqtisodiy protsessual, Jinoyat-protsessual va Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʼgʼrisidagi Oʼzbekiston Respublikasining Kodekslariga kiritilgan oʼzgartish va qoʼshimchalarga bagʼishlangan davra suhbati videokonferentsaloqa shaklida boʼlib oʼtdi.

Tadbir davomida Palata Ijroiya qoʼmitasi masʼul xodimlari tomonidan Oʼzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual, Iqtisodiy protsessual, Jinoyat-protsessual va Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʼgʼrisidagi Kodekslariga kiritilgan oʼzgartish va qoʼshimchalar toʼgʼrisida Palataning viloyat hududiy boshqamalari boshliqlarining huquqiy masalalar boʼyicha oʼrinbosarlari va yuridik sektor xodimlariga tushuntirishlar berildi.

Protsessual Kodekslarga kiritilgan asosiy oʼzgartirishlarga koʼra:

 -viloyatlardagi jinoyat ishlari boʼyicha sudlar, fuqarolik ishlari boʼyicha sudlar va iqtisodiy sudlar yagona umumyurisdiktsiya sudlariga birlashtirildi;
 -ishlarni nazorat tartibida koʼrish instantsiyasi tugatildi;
 -iqtisodiy va fuqarolik ishlarida boshqa shaxslarning arizalari bilan qoʼzgʼatilgan ishning muhokamasida oʼz tashabbusi bilan ishtirok etishi huquqi bekor qilindi;
 -nazorat instantsiyasi bekor boʼlgan boʼlsada, kassatsiya tartibida koʼrilgan ish takroran kassatsiya tartibida koʼrilishi tartibi joriy etildi;
 -Oliy sud raisi, Bosh prokuror yoki ularning oʼrinbosarlariga ishni kassatsiya tartibida takroran koʼrish toʼgʼrisida protest kiritish huquqi berildi.
Tadbir savol-javob tariqasida davom etib, ishtirokchilar oʼzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

SSP Matbuot xizmati

05.02.2021

19:11

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06