18.06.21

Sholikolarga subsidiyalar berish tartibi tasdiqlandi

15.06.21

Jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

9.06.21

Tadbirkorlarning muammolarini o‘rganish maqsadida Palata tomonidan joylarda uchrashuvlar o‘tkazilmoqda

3.06.21

Respublikamizda turizmni rivojalantirishga qaratilgan istiqbolli investision loyiha muhokama qilindi

2.06.21

Surxondaryoda infratuzilmani yaxshilash uchun 1 trillion 900 milliard so‘m ajratiladi

29.06.21 - 30.06.21

Yashil binolarda malaka oshirish dasturi

15.06.21 - 17.06.21

Qishloq xo'jaligi

9.06.21 - 11.05.21

Sog'liqni saqlash

9.06.21 - 11.05.21

Stomatologiya

9.06.21 - 11.06.21

Farmatsevtika sanoati

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Toshkent shahrida BMB ZA'FARON brendi taqdimoti boʼlib oʼtdi

Maʼlumki, Oʼzbekistonning tuproq-iqlim sharoiti dorivor oʼsimliklarning qimmatli turlarini yetishtirish uchun juda qulay sanaladi. Bu haqida Sharqning buyuk tabibi Аbu Аli Ibn Sino oʼzining “Tib qonunlari” asarida alohida taʼkidlaydi. Jumladan, asarda zaʼfaronning 100 dan ortiq turdagi kasalliklarni davolashda ishlatilishini taʼkidlagan.

Shuni taʼkidlash lozimki, yurtimizda zaʼfaron plantatsiyalari 2017 yilda Oʼzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar doirasida barpo etilmoqda.

BMB ZA'FARON yangi brendi uchun zaʼfaron plantatsiyalari BMB SHIFO shoʼ'ba korxonasi tomonidan 2020 yilda yaratilgan. Jizzax viloyatining Baxmal tumanida dorivor oʼsimliklar yetishtirishga ixtisoslashtirilgan mazkur korxona mamlakatimizning eng qulay va ekologik toza hududlaridan birida faoliyat olib boradi.

Mazkur brend zaʼfaron mahsuloti mahalliy va xorijiy mutaxassislar tomonidan yuqori baholanib, tegishli sertifikatlar bilan tasdiqlangan.

2021 yilning 5 fevral kuni BMB Trade Group kompaniyasi poytaxtimizdagi Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida davlat va jamoat arboblari, xorijiy davlatlarning yurtimizdagi diplomatik vakolatxonalari, el ardogʼidagi sanʼatkorlar, ishbilarmonlar, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda taniqli blogerlar ishtirokida zaʼfaron maxsulotining BMB ZA'FARON brendi taqdimoti oʼtkazildi.

Mazkur taqdimot hamkorlari sifatida Oʼzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi-savdo vazirligi, Oʼzbekiston Respublikasi Oʼrmon xoʼjaligi davlat qoʼmitasi, Sogʼliqni saqlash innovatsion rivojlantirish Milliy Palatasi, KAFIL sugʼurta kompaniyasi va “Shafran” ilmiy-tadqiqot markazi ishtirok etishdi.

Tadbir avvalida, BMB Trade Group kompaniyasi Kuzatuv kengashi raisi Bekzod Mamatqulovga kirish soʼzi berildi va tadbir tantanali ochiq deb, eʼlon qilindi.

Soʼng zaʼfaron foydali xususiyatlarini oʼrganishda katta hissa qoʼshgan tabobat ilmi sultoni Аbu Аli Ibn Sino siymosi aks ettirilgan sahna koʼrinishi mehmonlarda chuqur taassurot qoldirdi.

Soha mutaxassislari tomonidan ishtirokchilar eʼtiboriga taqdim etilayotgan zaʼfaron maxsulotining yangi BMB ZA'FARON brendi haqida tadbir mehmonlari tomonidan ijobiy fikrlar bildirib oʼtildi.

Shuningdek, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti kafedra mudiri, professor, tibbiyot fanlari doktori Feruza Ibragimovna Xamrabaeva shafran damlasini tayyorlash va uning inson organizmi uchun foydali xususiyatlari haqida nutq soʼzladi.

Taqdimot davomida ishtirokchilar Oʼzbekiston xalq artisti mohir opera ijrochisi Ramiz Usmonovning qoʼshiq-sadolari ostida, inson salomatligi uchun shifobaxsh boʼlgan zaʼfaron damlamasidan taʼtib koʼrishdi.

BMB ZA'FARON brendi ostida taqdim etilayotgan zaʼfaron mahsulotining tarihi hamda ishlab chiqarish jarayonini oʼzida toʼliq va batafsil mujassam etgan mahsus videorolik namoyishi ham tadbir qatnashchilari oʼrtasida alohida unutilmas taassurot qoldirdi.

Tadbir soʼnggida Oʼzbekiston Respublikasi Oʼrmon xoʼjaligi davlat qoʼmitasi raisining birinchi oʼrinbosari hamda Olim Аrzikulovich Xakimov hamda BMB TRADE GROUP kompaniyasi ijrochi direktori Аbdurashid Sharufutdinov oʼzaro xamkorlik xaqidagi Kelishuv imzoladilar.

Shuningdek, BMB TRADE GROUP kompaniyasi Bosh direktori Baxtiyor Zulfiqorov zaʼfaron eksporti yuzasidan Saudiya Аrabistonining "STE" kompaniyasi Bosh direktori janob Ubaydullox bilan distribyutorlik, kompaniyaning tijorat direktori Mirgʼulom Usmanov hamda Gana davlatining “Hairmik Ventures” kosmetika kompaniyasi bosh direktori Emmanuella Kvofi xonim bilan “fyuchers” shartnomalari onlayn formatida imzolandi.

Ushbu imzolangan shartnoma va kelishuvlarning asosiy ahamiyati shundaki, mamlakatimiz raxbariyati tomonidan mahalliy maxsulotlarni eksport xajmini yanada oshirishga va eksport bozorlarini jugʼrofiyasini, shu jumladan Yaqin Sharq va Аfrika davlatlari misolida yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

Taqdimot shukuhini oshirish maqsadida mamlakatimizning taniqli sanʼat namoyondasidan biri Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan artist Ziyoda Qobilova tomonidan xalq orasida mashxur boʼlgan xit qoʼshiqlari ijro etildi.

Barcha ishtirokchilarga BMB ZA'FARON brendi maxsuloti tadbir tashkilotchilari tomonidan qimmatbaho sovgʼa sifatida tarqatildi. 

Umuman olganda, BMB ZA'FARON brendining boʼlib oʼtgan taqdimoti mamlakatimiz ichki zaʼfaron bozorida yangi oʼyinchi paydo boʼlishini anglatadi. Bu esa oʼz navbatida dorivor oʼsimliklar bozorida sogʼlom raqobat muhitini shakllantirishga yordam beradi.

SSP Axborot xizmati
 

05.02.2021

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06