2.12.22

Samarqandda O‘zbekiston-Rossiya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

29.11.22

“O‘zbekiston biznes hamjamiyatida halollik” II biznes forumi bo‘lib o‘tdi

28.11.22

Turkiyada “Oʼzbekiston Milliy pavilioni” tashkil etildi

28.11.22

To‘qimachilik mahsulotlarini AQSH bozoriga eksport qilish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

24.11.22

Turkiya-O‘zbekiston iqtisodiy hamkorligini yanada rivojlantirishda yangi istiqbollar

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Tashqi savdo operatsiyalarini moliyalashtirishda zamonaviy bank xizmatlariga bagʼishlangan vebinar boʼlib oʼtdi

Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan 2021 yil 4 fevral kuni oziq-ovqat va qishloq xoʼjaligi korxonalari uchun tashqi iqtisodiy faoliyat operatsiyalarida tijorat banklari tomonidan taklif etilayotgan zamonaviy moliyalashtirish xizmatlariga bagʼishlangan vebinar tashkil etildi.
Ushbu tadbirda 50 ga yaqin oziq-ovqat va qishloq xoʼjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar ishtirok etdilar.

Vebinarda tashqi savdoni olib borishda eksport va import operatsiyalarini bank tomonidan moliyalashtirishning zamonaviy uslublari mahalliy ishlab chiqaruvchilarga taklif etildi.

Bunda import operatsiyalarida xorijiy davlatlardan xarid qilinadigan tovarlar boʼyicha ishonchli xorijiy banklar bilan hamkorlikda tovar xarid qilishni moliyalashtirish va tovarni Oʼzbekistonga yetib kelishini kafolatlashga qaratilgan bank xizmatlari boʼyicha taqdimot oʼtkazildi.

Shuningdek, oziq-ovqat va qishloq xoʼjaligi korxonalari uchun milliy mahsulotlarni xorijiy bozorlarga eksport qilishda xaridordan toʼlov mablagʼlarini qisqa muddatda toʼlaqonli tushirishni taʼminlovchi bank xizmatlari toʼgʼrisida ham maʼlumot berildi.

SSP Matbuot xizmati

04.02.2021

15:00

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06