2.12.22

Samarqandda O‘zbekiston-Rossiya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

29.11.22

“O‘zbekiston biznes hamjamiyatida halollik” II biznes forumi bo‘lib o‘tdi

28.11.22

Turkiyada “Oʼzbekiston Milliy pavilioni” tashkil etildi

28.11.22

To‘qimachilik mahsulotlarini AQSH bozoriga eksport qilish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

24.11.22

Turkiya-O‘zbekiston iqtisodiy hamkorligini yanada rivojlantirishda yangi istiqbollar

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Steviya dorivor oʼsimligining xususiyatlari qanaqa va bu oʼsimlikni yurtimizda yetishtirish mumkinmi?

Oʼzbekiston Respublikasida farmatsevtika sanoati, oziq-ovqat sanoatining jadallik bilan rivojlanishi dorivor oʼsimliklar xom ashyosiga boʼlgan talabni keskin ortishiga sabab boʼlmoqda.

Shuni taʼkidlash lozimki, tabiiy holda oʼsuvchi dorivor oʼsimliklar zaxiralarining chegaralanganligi tufayli farmatsevtika sanoati va oziq-ovqat sanoati korxonalarning dorivor oʼsimliklar xom ashyosiga boʼlgan talabini, asosan, dorivor oʼsimliklarni oʼstirish orqaligina qondirish mumkin.

Hozirgi vaqtda mamlakatimizda farmatsevtika sanoati va dorixonalarni oʼsimliklar xom ashyosi bilan taʼminlash maqsadida, ixtisoslashgan klaster, fermer, oʼrmon va boshqa mulkchilik shaklidagi xoʼjaliklarida dorivor oʼsimlik turlari oʼstirilmoqda.

Respublika Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Dorivor va ziravor oʼsimlik yetishtiruvchilarni qoʼllab-quvatlash boʼlimi mutaxassislari steviya dorivor oʼsimligining xususiyatlari, steviya yetishtirish boʼyicha erishilgan yutuqlar va kelajakdagi rejalar toʼgʼrisida “Robiya Yusro Solixa” MChJ raxbari Аbdullaev Raxmatulla bilan suxbatlashdi.

Steviya dorivor oʼsimligining xususiyatlari qanaqa va bu oʼsimlikni yurtimizda yetishtirish mumkinmi?

Steviya oʼsimligi Oʼzbekistonga havaskor botaniklar tomonidan olib kelingan. Barglarining tarkibida shirin taʼm beruvchi diterpenoid (steviozid) glikozidi mavjud. Steviozid moddasi 0,4 % li saxaroza eritmasidan 300 barobar, 10 % li shakar eritamasidan esa 150 barobar shirinroqdir. Bundan tashqari, tarkibida flavonoidlar (kvertsetin, rutin), mineral moddalar – (kaltsiy, fosfor, kaliy, rux, temir, xrom, magniy, selen, mis, marganets, kobalt), hamda vitaminlar (V guruhi, А, S, Ye va. h.k.) mavjud.

Shuningdek, u oʼta shifobaxsh hamdir. Yaʼni uning shirinlik darajasi yuqori boʼlsa-da, ­qandli diabet bilan xastalangan bemorlarning shirinlikka boʼlgan chanqogʼini qondirishda qoʼl keladi. Vaholonki, bunday bemorlarga shirinlik mumkin emas. Oʼziga xos paradoksni qarangki, steviya shirinligi ­bunga xalaqit bermaydi. Steviya qondagi qand (shakar) miqdorini nazorat qiladi va insulin garmoni faoliyatiga koʼmaklashib, organizmni qand bilan taʼminlashda katta ahamiyat kasb etadi. Steviya oʼsimligi tarkibidagi biologik faol modda - glikozid (steviozid) organizimda tabiiy ozuqa oʼrnini bosuvchi vositalardan biridir. Shuningdek steviya mahsulotlari, qandli diabet, organizmda ortiqcha yogʼlarni toʼplanishi hamda metabolik jarayonlarni buzilishi bilan bogʼliq boʼlgan kasalliklarda qoʼllaniladi. Qolaversa, u inson immunitetini oshiradi. Steviya oʼsimligi organizmga umumiy quvvat va mustahkamlovchi sifatida taʼsir etadi.  Oʼsimlikning tarkibidagi moddalar tishlarda yogʼ va boshqa moddalar toʼplanishiga yoʼl qoʼymaydi. Bu esa tish emalini mikroblar tomonidan yemirilishini oldini oladi. Bundan tashqari gipotenziv (qon bosimni pasaytiradi), kardiotonik, antibakterial, antifungal, antiviral, diuretik, tonik hamda yaralarni davolashda samarali vosita sifatida qoʼllaniladi.

Qon bosimini meʼyorlashtiradi. Аntiallergin, antiseptik va antioksidantlik taʼsiri bor. Аsosiysi, ­isteʼmolda meʼyori cheksiz. ­Inson organizmi uchun salbiy taʼsiri kuzatilmaydi. Shu bois Oʼzbe­kiston Respublikasi ­Sogʼliqni saqlash vazirligi ­tomonidan damlama sifatida tavsiya ­qilingan.

Korxona faoliyati nimadan iborat va qanday natijalarga erishgan?

Korxonamiz xodimlari ushbu oʼsimlikni respublikamizda yetishtirish uchun mahalliylashtirdi va steviya dorivor oʼsimligi ustida ilmiy ishlar olib bordi. Bugungi kunda ushbu oʼsimlikni oʼstirish, qayta ishlash texnologiyasi ishlab chiqildi. Korxonamizda steviya oʼsimligining koʼchatchiligi ham yoʼlga qoʼyilgan. Mahalliy tadbirkor yetishtiruvchilarga yaqindan amaliy va uslubiy koʼmak koʼrsatib kelmoqdamiz.

Hozirgi vaqtda ushbu dorivor oʼsimlikning bozordagi talabi va narxi qanaqa?

Steviya oʼsimligi maxsulotlariga talab juda ham yuqori. Bu oʼsimlik mahsuloti nafaqat farmatsevtika sanoatida shu bilan birga oziq-ovqat sanoatida ham keng qoʼllaniladi. Bugungi kunda steviya oʼsimligining qurutilgan barginig bir kilogrami jahon bozorida 20-50 АQSh dollardan baholanmoqda. Steviya koʼp yillik oʼsimlik boʼlib, bir gektar yer maydonda oʼsimlikning 1 tonna bargini yigʼish mumkin.

SSP Matbuot xizmati

02.02.2021

17:50

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06