10.01.22

HUNARMANDLAR IMTIYOZLI KREDITLAR VA SUBSIDIYALAR OLADILAR

13.12.21

Diqqat, Savdo-sanoat palatasi malaka oshirish masalalari bo’yicha onlayn so’rovnoma o’tkazmoqda

7.12.21

“Farg‘ona vodiysida fermerlarini iqlim o‘zgarishi xatarlariga moslashuvi va barqarorligini oshirish” loyihasining Muvofiqlashtiruvchi kengashining yakuniy yig‘ilishini o‘tkazildi

22.11.21

SERTIFIKATLASH LOZIM BOʻLGAN MAHSULOTLAR ROʻYХATI QISQARTIRILDI

8.11.21

"Brendingiz davlat himoyasida” mavzusida davra suxbati va master-klaass tashkil etilidi.

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Jizzax viloyatida “Yosh vatanparvarlar yigʼini” boʼlib oʼtdi.

Oʼzbekiston Prezidenti, Qurolli kuchlar Oliy Bosh Qoʼmondoni Sh.M.Mirziyoevning 2021 yil 11 yanvar kuni Jizzax viloyatida joylashgan harbiy qismlarga tashrifi davomidagi  berilgan topshiriqlari hamda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 13 oktyabrdagi PQ-4862-sonli “Аholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 26 yanvar kunida Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani “Olmachi” mahallasi hududida joylashgan Mudofaa Vazirligiga qarashli 25931-sonli harbiy qismda “2021 yil Yoshlarni qoʼllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” munosabati bilan, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar ishtirokida “Yosh vatanparvarlar yigʼini” loyihasi doirasida seminar trening oʼtkazildi

Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi,  Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi sektor mudirlari, bosh mutaxassislari, “Yoshlar kelajagimiz” jamgʼarmasi masʼul xodimlari hamda АTB “Mikrokreditbank” xodimlari bilan hamkorlikda 200 nafar shahar va tumanlardan tashkil topgan ishsiz yoshlar orasida tadbirkorlik sohasiga qiziquvchi 125 nafar yoshlar bilan oʼz bizneslarini yoʼlga qoʼyish boʼyicha “Yosh tadbirkorlar guruhi”, “Yosh biznesmenlar guruhi”, “Yosh ish bilarmonlar guruhi”, “Yosh iqtisodchilar guruh”lariga boʼlinib oʼquv mashgʼulotlari boʼlib oʼtkazilmoqda. Qolgan 75 nafar yoshlar “Yosh elektrotexniklar”, “Yosh payvandchilar”, “Yosh chilangarlar”, “Yosh quruvchilar” guruhlarga boʼlingan yoshlar kasb-hunarlarga oʼqitilib kelinmoqda.

Treningda tadbirkorlik va biznes asoslarining boshlangʼich tushunchalari, tadbirkorlik faoliyatini yoʼlga qoʼyishda va ragʼbatlantirishda yangi yondashuv metodlari oʼrgatilib, oʼquv jarayonlarida eng faol ishtirokchilarga imtiyozli kredit olishlari uchun maxsus sertifikatlar topshirilishi rejalashtirilgan.

Joriy yilning 31 yanvar kuni xarbiy qismga Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Аdxam Ilxamovich Ikramov, viloyat hokimi Ergash Аlibekovich Saliev, “M FAKTOR” loyhasi rahbari Xasan Mamasaidov, “Korzinka.uz” supermarketlar tarmogʼi marketing direktori Malik Karimovlar tashrif buyurishdi hamda yoshlar bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi.

Uchrashuvda oʼz bizneslarini rivojalantirish boʼyicha mehmonlar master klass oʼtqazishib, fikr va mulohazalarni bildirib oʼtdilar. Yoshlar oʼzlarini qiziqtirgan savollarga toʼliq javob oldilar. “M FAKTOR” loyhasi rahbari, “Korzinka.uz” supermarketlar tarmogʼi marketing direktori eng qiziqarli savol sohibi, eng yaxshi biznes takliflarga hamda viloyatimizdagi eng faol “IT TECHNOLOGY” dasturchilarning har biriga 1 million soʼmdan jami 20 million soʼm miqdorida grant berilishini maʼlum qilishdi.

Shundan soʼng, viloyat hokimi boshchiligida mehmonlar Jizzax “IT PARK” markaziga tashrif buyurishdi. Tashrifda faoliyat koʼrsatayotgan xodimlar va yoshlar bilan uchrashilib, ularning ish faoliyatlari bilan yaqindan tanishishdi. Yosh dasturchilar va loyihachilar oʼzlarining amalga oshirayotgan ishlarini koʼrsatib oʼtdilar.

Bundan tashqari, Jizzax shahridagi 29-Mehribonlik uyiga mehmonlarning tashrifi bolajonlarga cheksiz quvonch olib keldi. Uchrashuvda mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarning yashash shart-sharoitlari bilan tanishib, ular bilan dildan suhbatlashdilar.

 Аyniqsa, “M FAKTOR” loyhasi rahbari barcha mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga har biri uchun alohida ismi sharifi aks ettirilgan ruchka, bloknot va boshqa tarqatma jihozlarini taqdim etishi, bolajonlarimizga yanada ruhlantirilishiga sabab boʼldi.

SSP Аxborot-xizmati 

01.02.2021

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06