10.01.22

HUNARMANDLAR IMTIYOZLI KREDITLAR VA SUBSIDIYALAR OLADILAR

13.12.21

Diqqat, Savdo-sanoat palatasi malaka oshirish masalalari bo’yicha onlayn so’rovnoma o’tkazmoqda

7.12.21

“Farg‘ona vodiysida fermerlarini iqlim o‘zgarishi xatarlariga moslashuvi va barqarorligini oshirish” loyihasining Muvofiqlashtiruvchi kengashining yakuniy yig‘ilishini o‘tkazildi

22.11.21

SERTIFIKATLASH LOZIM BOʻLGAN MAHSULOTLAR ROʻYХATI QISQARTIRILDI

8.11.21

"Brendingiz davlat himoyasida” mavzusida davra suxbati va master-klaass tashkil etilidi.

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlik sohasiga oid qonunchilik ijrosi ustidan oʼtkazgan jamoatchilik nazorati

“Oʼzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi toʼgʼrisida”gi va “Jamoatchilik nazorati toʼgʼrisida”gi Qonunlariga asosan Oʼzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan tadbirkorlik faoliyati sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish tartibi toʼgʼrisidagi Nizom ishlab chiqilgan. 

Mazkur Nizomga koʼra, Palata tomonidan oʼz vakolatlari doirasida tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi ustidan tizimli ravishda belgilangan shakllarda jamoatchilik nazorati oʼtkazilib kelinmoqda. Bu yoʼnalishda 2020 yil mobaynida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi, xususan:

1.Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, qulay ishbilarmonlik va investitsiya muhitini shakllantirish ahvoli respublikaning 15 ta tumanida oʼrganilib, tahlil qilindi. Natijasi boʼyicha Palata tomonidan hududlarni kompleks rivojlantirish dasturlari ishlab chiqildi va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etildi.

2. Koronavirus pandemiyasi davrida tadbirkorlarga berilgan imtiyoz va preferentsiyalarni qoʼllashda yuzaga kelayotgan muammolarni oʼrganish maqsadida, Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan jami 1345 ta tadbirkorlik subʼekti vakillari oʼrtasida soʼrovnoma oʼtkazildi. Soʼrovnomada qatnashgan tadbirkorlik subʼektlarining aksariyat qismi koronavirus pandemiyasi davrida davlat tomonidan berilgan imtiyoz va preferentsiyalardan biron-bir muammosiz foydalanganligini bildirdi.

Tahlil natijalariga koʼra, tadbirkorlar 167 ta holatda soliq va boshqa majburiy toʼlovlarini kechiktirish, 165 ta holatda kredit muddatini uzaytirish, 35 ta holatda ijara toʼlovini kechiktirish, 13 ta holatda bojxona va eksport, 3 ta holatda turizm sohasida berilgan imtiyozlardan unumli foydalanganligini maʼlum qilgan.

Shu bilan birga, 94 ta holatda soliq va boshqa majburiy toʼlovlarini kechiktirish, 76 ta holatda kredit muddatini uzaytirish, 57 ta holatda ijara toʼlovini kechiktirish, 10 ta holatda bojxona va eksport, 9 ta holatda turizm sohasida preferentsiyalardan foydalanishda muammolarga duch kelingani bildirilgan.

Oʼtkazilgan soʼrov natijalari umumlashtirilib, Vazirlar Mahkamasiga taqdim etildi.

3. Tadbirkorlik subʼektlari tomonidan korruptsion munosabatlarga toʼqnash kelish kabi masalalar yuzasidan respublika miqyosida oʼtkazilgan soʼrovda 1267 nafar tadbirkor ishtirok etdi. Shundan tadbirkorlarning 8 foizi korruptsion holatiga bir marotaba, 70 foizi esa koʼp marotaba toʼqnash kelganligi, qolgan 22 foizi bunday holatga toʼqnash kelmaganligini maʼlum qilgan.

Tadbirkorlarning 30 foizi yer maydoni olishda, 21 foizi kredit ajratishda, 17 foizi tekshiruvlar jarayonida, 9 foizi litsenziya olishda, 6 foizi davlat imtiyozi yoki grantlarini olishda, 5 foizi koʼchmas mulkni sotib olish yoki ijaraga olishda, 4 foizi elektr yoki issiqlik tizimiga ulanishda va 3 foizi tovarlarni bojxona koʼrigidan oʼtkazishda korruptsion holatiga duch kelganligini bildirgan.

Respondentlarning 51 foizi oʼzi duch kelgan korruptsiya holati toʼgʼrisida hech qaysi organga murojaat qilmagan, 11 foizi murojaat qilishdan qoʼrqadi, 19 foiz tadbirkorlar korruptsion holatiga duch kelmaganini bildirgan.

Bundan tashqari tadbirkorlarga qaysi davlat organi mansabdor shaxslari korruptsion munosabatga kirishishga majbur qilgani toʼgʼrisidagi savolga 17 foiz tadbirkorlar hokimlik, 17 foizi soliq idoralari, 13 foizi kadastr xizmati, 8 foizi sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmati va 7 foizi banklar deb javob qaytargan.

Soʼrov natijalari Palataning sayti hamda “KUN.uz”, “Human.uz”, “АDVOKАT-24”, “Fayzbogʼ (Temur Malik)” ijtimoiy tarmoqlar orqali tadbirkorlarga yetkazildi, yakunlari tahlil qilinib, umumlashtirilgan maʼlumot Bosh prokuratura va Korruptsiyaga qarshi kurashish Аgentligiga yuborildi.

4. Palata tomonidan olib borilayotgan jamoatchilik nazoratining yana bir shakli – bu normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining tadbirkorlik faoliyatiga taʼsirini baholash uchun vakolatli organ sifatida jamoatchilik ekspertizasini oʼtkazishdir. Ushbu yoʼnalishda, xususan bir qator ishlar amalga oshirildi:

Yil davomida jami 890 ta normativ-huquqiy hujjat loyihalari boʼyicha jamoatchilik ekspertizasi oʼtkazildi. Shundan 578 ta loyiha yuzasidan tadbirkorlik faoliyatiga toʼsqinlik qiluvchi yoki cheklovchi normativ-xuquqiy hujjatlarga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish, shuningdek, ularni qabul qilish maqsadga muvofiq emasligi toʼgʼrisidagi tavsiyalar bayon etilgan hulosalar berildi.

Shu bilan birga, Palata huzurida tashkil etilgan Jamoatchilik ekspertlar Kengashi yigʼilishlarida tadbirkorlar ishtirokida 8 dan ortiq normativ-huquqiy hujjat loyihalari koʼrib chiqildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi bilan tuzilgan oʼzaro hamkorlik Memorandumiga asosan yaqindan hamkorlik oʼrnatilgan.

Xususan, qonun loyihalari boʼyicha jamoatchilik ekspertizasi xulosalari tizimli ravishda Qonunchilik Palatasiga qonunlar muhokamasi vaqtida foydalanish uchun yuborilmoqda. 

5. Vazirlar Mahkamasining “Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarini tadbirkorlik subʼektlari faoliyatini tekshirish huquqini berish yuzasidan attestatsiyadan oʼtkazish tartibi toʼgʼrisida”gi 2018 yil 7 noyabrdagi 920-son Qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 8-bandiga asosan nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslariga tadbirkorlik subʼektlari faoliyatini tekshirish huquqini berish yuzasidan 7 ta davlat organida oʼtkazilgan attestatsiyalarda jamoatchilik nazoratini taʼminlash maqsadida Palata vakillari ishtirok etdi.

Аdliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi, Energetika vazirligi Elektr energetikada nazorat inspektsiyasi, “Oʼztemiryoʼlnazorat” inspektsiyasi, “Oʼzdavkarantin” inspektsiyasi, Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspektsiyasi va Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat qilish inspektsiyasilarning 533 nafar hodimi ishtirok etgan, shundan 175 nafar xodimga maxsus guvohnoma berish rad qilindi.

Savdo-sanoat palatasi tomonidan tadbirkorlikka oid qonunchilik talablari ijro etilishiga keng jamoatchilik diqqat-eʼtiborini qaratish va samarali jamoatchilik nazorati oʼrnatilishini taʼminlab borish tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini kafolatlash, byurokratik toʼsiqlarni bartaraf etish va ushbu bilan mamlakatimizda korruptsiyasiz biznes muhitini yaratishda muhim omil boʼlib xizmat qiladi.

SSP Matbuot xizmati

26.01.2021

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06