1.03.21

Bahorgi agrotexnik tadbirlar avjida

26.02.21

Intellektual mulk himoyasi tizimidagi yangiliklar

26.02.21

Jamoatchilik ekspertizasi oʼtkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

26.02.21

SSP tomonidan Xiva shahrida investitsion loyihalarning amalga oshirilish jarayoni oʼrganildi.

25.02.21

Italiyaning Oʼzbekistondagi Favqulodda va muhtor elchisi Аgostino Pinna Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi.

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Savdo–sanoat palatasi tomonidan “sirli mijoz” tadbirlari oʼtkazildi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 25-fevraldagi PQ-4210-sonli hamda 2019-yil 20-noyabrdagi PQ-4525-sonli qarorlarida «Davlat xizmatlarining sirli mijozi» institutidan foydalanish doirasidagi chora-tadbirlar Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etilishi hamda “davlat xizmatlarining sirli mijozi” institutining qoʼllanilishi natijalari boʼyicha har chorakda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasiga axborot kiritib borish vazifasi belgilangan.

Mazkur qaror ijrosini taʼminlash maqsadida yil davomida elektr taʼminoti tizimiga ulanish, mulkni roʼyxatdan oʼtkazish hamda xalqaro savdo sohalarida davlat xizmatlari koʼrsatilishi boʼyicha “sirli mijoz” tadbirlari oʼtkazildi. Tadbirlar jarayonida alohida eʼtibor tadbirkorlik subyektlariga koʼrsatilayotgan davlat xizmatlarining shaffofligi, tezkorligi hamda korruptsion holatlarga yoʼl qoʼyilishi kabi masalalarga qaratildi.

Joriy yilning noyabr-dekabr oylarida Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan maʼsul idoralar bilan hamkorlikda  qurilishga ruxsat berish sohasida Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo, Fargʼona viloyatlari va Toshkent shahrining 40 dan ortiq tuman va shaxarlarida “sirli mijoz” tadbirlari oʼtkazildi.

Tadbir davomida maʼmuriy tartib tamoillar amalga oshirilishining qulayligi oʼrganilganida Qashqadaryo va Fargʼona viloyatlari hamda Toshkent shahrida bir qancha kamchiliklar aniqlandi. Xususan, fuqaro Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar qurilish boʼlimi va Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilib, noturar joyining bir qismini turar joy toifasiga qayta ixtisoslashtirish ruxsatnomasini olish uchun bir necha marotaba ariza berishga majbur boʼlgan.

Oʼrganishlar jarayonida Jizzax, Navoiy viloyatlari va Toshkent shahar tuman (shahar) qurilish boʼlimlarida xodimlarning soha boʼyicha bilim darajasi yetarli emasligi holatlari kuzatildi. Xususan, Toshkent shahrining Yunusobod tumani qurilish boʼlimi xodimiga obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruktsiya qilish uchun ruxsatnoma berish muddati boʼyicha berilgan savolga yetarli bilim darajasiga ega emasligi sababli, aniq javob berilmaganligi qayd etilgan.

Shuningdek, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari tuman (shahar) qurilish boʼlimlarida xodimlarning korruptsion holatlarga moyilligi aniqlandi. Xususan, Qashqadaryo viloyatining Gʼuzor va Shaxrisabz tumanlari qurilish boʼlimlarining masʼul xodimlari tomonidan tadbirkorning arizasini qayta koʼrib chiqib ruxsatnoma berishda, Samarqand viloyati Pastdargʼom tumani qurilish boʼlimida noturar binoni turar joy bino toifasiga oʼtkazilishida korruptsiyaga moyillik holati qayd etildi.

Shu bilan birga  Jizzax va Fargʼona viloyatlari tuman (shahar) qurilish boʼlimlari masʼul xodimlari tomonidan xizmat koʼrsatish jarayonida tegishli normativ-xuquqiy xujjatlarga toʼliq rioya etilmayotganligi holatlari aniqlandi. Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan “Yakka tartibda uy-joy qurishga (rekonstruktsiya qilishga) loyiha-smeta hujjatlarini kelishish boʼyicha davlat xizmatlari koʼrsatish”ning maʼmuriy reglamentiga toʼliq rioya etilmaslik holatlari qayd etildi.

“Sirli mijoz” tadbirlarini kelgusi yilda ham reja asosida oʼtkazish belgilab olindi.

SSP Аxborot-xizmati 

29.12.2020

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06