1.03.21

Bahorgi agrotexnik tadbirlar avjida

26.02.21

Intellektual mulk himoyasi tizimidagi yangiliklar

26.02.21

Jamoatchilik ekspertizasi oʼtkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

26.02.21

SSP tomonidan Xiva shahrida investitsion loyihalarning amalga oshirilish jarayoni oʼrganildi.

25.02.21

Italiyaning Oʼzbekistondagi Favqulodda va muhtor elchisi Аgostino Pinna Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi.

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Savdo-sanoat palatasining yuridik xizmati xodimlari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 18 dekabr' kuni Palataning yuridik xizmati xodimlari ishtirokida tadbirkorlik sub'ektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan videokonferensaloqa shaklida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Palataning eng muhim vazifalaridan biri Palataga a'zo bo‘lgan tadbirkorlik sub'ektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish, ularga sifati va ishonchli yuridik xizmat ko‘rsatish ekanligi ta'kidlandi.

Tadbir davomida Palata va uning hududiy boshqarmalarining yuridik xizmatlari tomonidan sudlarga da'vo arizalari kiritishda vujudga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan taklif va mulohazalar muxokama etildi.

Jumladan, Palata a'zolari manfaatida sudlarga arizalar, da'vo va shikoyatlar kiritishda “Tadbirkorlik sub'ektlarning huquq va qonuniy manfaatlarini sudlarda himoya qilishni ta'minlash to‘g‘risida”gi Yo‘riqnoma talablariga qat'iyan rioya etish lozimligi ta'kidlab o‘tildi.

Bundan tashqari, tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.11.2020 yildagi PF-6118-sonli “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun va mohiyatini mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tadbirkorlik sub'ektlari o‘rtasida keng targ‘ibot qilish hamda ushbu Farmon bilan Palataga berilgan vakolatdan samarali foydalanish tizimini yo‘lga qo‘yish masalasiga ham e'tibor qaratildi.

 SSP Axborot-xizmati

18.12.2020

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06