23.09.21

“Toshkent shahar kichik sanoat zonasini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasi, ishlab chiqarish maydonlarini uzoq muddatli ijaraga berish bo‘yicha tanlov e'lon qiladi

23.09.21

Budapeshtda Turkiy tilli mamlakatlar hamkorlik kengashiga a'zo davlatlar Savdo-sanoat palatalarining navbatdagi yig‘ilishi va biznes forum bo‘lib o‘tdi

23.09.21

Jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

22.09.21

Alyona Shalavina boshchiligidagi delegasiya Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi

15.09.21

Toshkentda Oʼzbekiston-Turkmaniston Hukumatlararo komissiyasining 16-yigʼilishi boʼlib oʼtdi

22.09.21 - 24.06.21

Qurilish

22.09.21 - 24.09.21

Qurilish texnikasi va texnologiyalari

22.09.21 - 24.09.21

Isitish, shamollatish va suv ta'minoti

8.09.21 - 10.09.21

Plastmassa sanoati

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Savdo-sanoat palatasida O‘zbek-Turk Ishbilarmonlar forumining birinchi yig‘ilishi tashkil etildi.

2020-yil 16-dekabrda Savdo-sanoat palatasida birinchi O‘zbek-Turk forumi videokonferensaloqa formatida tashkil etildi. Mazkur tadbirda Savdo-sanoat palatsi raisi A.Ikramov, O‘zbekiston Respublikasi «Mebel va Yog‘ochsozlik Sanoati» uyushmasining raisi A.Nuriddinov, AO «RAVNAQ-BANK» raisi I.Tursunov hamda bir qator uyushma va idora vakillari ishtirok etishdi.

Shuningdek Turkiya tomonidan Turk-O‘zbek Ishbilarmon Forumi xamraisi, «Şahlanlar Gida» Direktorlar kengashi raisi va «Osc Tekstil», «Soğutma Sist. İnş.», «Şahser Su Ürünleri», «Royalagro» korxonalari ta'sischisi O.Shahlan, O‘zbekiston va Turkiya ishbilarmonlar uyushmasi raisi «UTID», «Cengiz Enerji Özbekistan» va «Crowe Tax Audit Consulting Group» korxonalari bosh menedjeri E.Bulut hamda 10 dan ortiq mutasaddi vakillar qatnashdilar.

Mazkur forum ilk marotaba tashkil etilayotgan bo‘lib, undan ko‘zlangan maqsad O‘zaro savdo hajmini oshirish va investision hamkorlikni yanada kengaytirish hamda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi sanoat kooperatsiyasining istiqbolli yo‘nalishlarini rivojlantirish hisoblanadi.

Tadbir avvalida Savdo-sanoat palatsi raisi A.Ikramov so‘zga chiqib, mazkur forum ikki davlat o‘rtasidagi mustahkamlanib borayotgan hamda har sohada rivojlanayotgan aloqalarning mantiqiy davomi ekanligini ta'kidlab o‘tdi.

Ta'kidlab o‘tish joizki O‘zbekiston va Turkiya hamkorligida tashkil etilgan tashkilotlar o‘rtasida mustahkam aloqalarni yo‘lga qo‘yishda hamda mamlakatlar o‘rtasida savdo - munosabatlarini yanada kengaytirishda xususiy biznes vakillarining ulkan hissasi mavjud.

Xususan, yurtimizda turk kapitali ishtirokida 1 441 ta korxona faoliyat olib bormoqda. Hamkorligimizning yorqin isboti sifatida joriy yilning birinchi yarmida turk kapitali ishtirokida yangi 341 ta korxona tashkil etilgani va ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 50% ga o‘sganini ko‘rishimiz mumkin.

Shuningdek hozirda davom etayotgan epidimiologik vaziyatga qaramasdan ikki mamlakat o‘rtasida bugungi kunga qadar 10 dan ortiq turli tadbirlar tashkil etildi.

Tadbir davomida Turkiyaning yetakchi korxonalari bilan hamkorlikda o‘zaro samarali investitsion loyihalarni amalga oshirish, xususan mashinasozlik, neft-gaz va neft-kimyosi, mehmonhona biznesi, kimyo sanoati, elektron va elektrotexnika mahsulotlari, farmatsevtika kabi sohalarda mustahkam hamkorlik aloqalarini o‘rnatish masalalari ko‘rib chiqildi.

Tadbirda davomida Turkiya vakillari tomonidan yuqoridagi masalalar yuzasidan ijobiy munosabat bildirildi hamda yuqorida taklif etilgan masalalar yuzasidan hamuorlik qilishga tayyor ekanliklari alohida ta'kidlandi.

Tadbir yakunida navbatdagi O‘zbekiston-Turkiya biznes forumini o‘tqazish bo‘yicha hulosalar bildirildi.

SSP Axborot-xizmati 

16.12.2020

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06