18.01.21

Innovatsion texnologiyalarni mahalliylashtirish va hayotga tatbiq etish

29.12.20

Savdo–sanoat palatasi tomonidan “sirli mijoz” tadbirlari oʼtkazildi

28.12.20

Yangi yilga yangi imkoniyatlar bilan

21.12.20

Xiva shahrida o‘quv-seminar tashkil etildi

18.12.20

Savdo-sanoat palatasining yuridik xizmati xodimlari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Nukusda muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlik subyektlari va yoshlar o‘rtasida uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 31 oktyabr kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Yoshlar ishlari Agentligi, “Hunarmand” uyushmasi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar dasturi imzolangan bo‘lib, unga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Navoiy viloyatida 2 tadan tuman (shahar)lar belgilab olingan edi. Tanlab olingan tumanlarda na'munaviy tarzda yoshlar bilan ishlash, ularning qiziqishlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida o‘z mehnati, irodasi bilan katta yutuqlarga erishgan tadbirkorlar hamda hunarmandlar bilan uchrashuvlar tashkil etish belgilangan edi.

Joriy yilning 18 noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi Savdo-sanoat palatasi binosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev raisligida joriy yilning 8 oktyabr' kuni jamiyatda ayollar va yoshlarning rolini oshirish hamda bandligini ta'minlash yuzasidan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalarning ijrosini to‘laqonli va sifatli amalga oshirish maqsadida muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlik sub'ektlari va yoshlar o‘rtasida  uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi xududiy boshqarmasi boshlig‘i D.Joldasov, shuningdek Nukus shahrida muvaffaqiyatga erishgan tadbirkor-“Evro stroy” MChJ rahbari Shimbergenov Azat Adilbaevich, “Ziyada Nur” NNT uqo‘v markazi direktori Utenazarova Ziyada hamda hunarmanchilik yo‘nalishi bo‘yicha ko‘plab ko‘rik tanlovlar g‘olibasi mohir kashtachi Yembergenova Gulnara Sabirbaevna hamda tadbirkorlik faoliyatiga qiziqish bildirgan 50 nafar yoshlar ishtirok etishdi.

Uchrashuvda yoshlar va xotin-qizlarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarga tayyorlashni tizimli yo‘lga qo‘yish, ularni tadbirkorlik va hunarmandchilikka faol jalb qilish, munosib ish topishiga ko‘maklashish borasida ishtirokchi yoshlarga kuchli motivasiya berish bo‘yicha tajribali tadbirkor va hunarmandlar tomonidan yoshlarga o‘z tajribalari bo‘yicha master klasslar o‘tab berishdi.

Yuqori natijalarga erishgan tadbirkorlik sub'ektlarining hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yoshlar ro‘yxati shakllantirilib, ularning “Muvaffaqiyatga erishish sirlari” loyihasi doirasida yoshlar bilan uchrashuvlari grafigiga asosan yoshlar va xotin-qizlarga kuchli motivasiya berish tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Nukus shahrida uchrashuv o‘rnatilgan tartibda reja grafik asosida amalga oshirildi va rejalashtirilgan keyingi tadbir viloyatning  Beruniy tumanida o‘tkazilishi  belgilangan.

SSP Axborot-xizmati 

19.11.2020

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06