18.01.21

Innovatsion texnologiyalarni mahalliylashtirish va hayotga tatbiq etish

29.12.20

Savdo–sanoat palatasi tomonidan “sirli mijoz” tadbirlari oʼtkazildi

28.12.20

Yangi yilga yangi imkoniyatlar bilan

21.12.20

Xiva shahrida o‘quv-seminar tashkil etildi

18.12.20

Savdo-sanoat palatasining yuridik xizmati xodimlari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi Qonunning 22-moddasida belgilangan Savdo-sanoat palatasining qonun ijodkorligi sohasidagi vakolatlarini amalga oshirgan holda, Palata tomonidan qonunchilik hujjatlari loyihalari yuzasidan Jamoatchilik ekspertizalari o‘tkazilib, ularning tadbirkorlik faoliyatiga ta'sirini baholagan holda, salbiy hamda ijobiy xarakterdagi Xulosalar berib kelinmoqda.

Xususan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 774 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi Palata tomonidan ko‘rib chiqilib, Jamoatchilik ekspertizasi xulosalari berildi.

Misol uchun, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maxsus iqtisodiy zonalar hududida soliqlar va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori (ID-23111) loyihasi jamoatchilik ekspertizasidan  o‘tkazilib, u yuzasidan quyidagicha Jamoatchilik ekspertizasi xulosasi berildi:

1. Loyiha 1-bandiga ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 10 apreldagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 196-sonli qarori 3-ilovasi bilan tasdiqlangan yangi tahrirdagi “Maxsus iqtisodiy zonalar hududida soliqlar va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlansin”, - deb belgilangan.

Bunda, o‘z kuchini yo‘qotmagan amaldagi hujjatni mazkur loyiha bilan qayta tasdiqlash nazarda tutilgan.

Biroq, bu yuridik nuqtai nazardan noto‘g‘ri hisoblanadi.

“Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunning 36-moddasiga ko‘ra, “Yangi normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganligi munosabati bilan ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga zarur o‘zgartirishlar va (yoki) qo‘shimchalar kiritiladi va ilgari qabul qilingan barcha hujjatlar yoki ularning qismlari, agar ular yangi huquqiy normalarga zid bo‘lsa yoxud yangi hujjat bilan to‘laligicha qamrab olingan yoki amalda o‘z ahamiyatini yo‘qotgan, lekin rasman o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilmagan bo‘lsa, o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi kerak”, - deb belgilangan.

Ko‘rinib turganidek, loyiha bilan yangi tahrirdagi Nizom qabul qilinayotganligi sababli, eski tahrirdagi Nizomni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish va buni loyihada nazarda tutish lozim.

2.Loyiha ilovasi 1-bandiga ko‘ra, “Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Soliq va Bojxona kodeksi hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining Maxsus iqtisodiy zonalarida soliqlar va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash tartibini belgilaydi”.

Ammo, loyihada Soliq kodeksida keltirilgan soliq imtiyozlari turlari va ularni qo‘llanilishi bilan bog‘liq normalar keltirilmagan.

Bu esa, amaliyotda turli noaniqliklarni keltirib chiqarishi mumkinligini inobatga olgan holda, mazkur masalalarni ham loyiha ilovasida belgilash zarur.

3.Loyiha ilovasi 13-bandiga ko‘ra, “Erkin bojxona zonasi” bojxona rejimiga joylashtirilgan xomashyo, materiallar va butlovchi qismlardan ishlab chiqarilgan (olingan) tovarlarni (tayyor mahsulotlar) deklaratsiya qabul qilingan kundan e'tiboran bir yil davomida eksportga realizasiya qilinishi lozim”.

Bunda, yuqoridagi tovarlarni “Erkin bojxona zonasi” bojxona rejimida bir yil davomida saqlash mumkinligi nazarda tutilgan.

Bojxona kodeksi 110-moddasiga ko‘ra esa, “Tovar erkin bojxona zonasi bojxona rejimida cheklanmagan muddatda turishi mumkin”.

Shu bois, loyiha ilovasida mazkur nomuvofiqlikni bartaraf etish tavsiya etiladi.

4.“Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi Qonunning 39-moddasiga ko‘ra, Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari “tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha texnologik uskunalarning o‘xshashi O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydiganini olib kirishda bojxona to‘lovlarini (bundan bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar mustasno)” to‘lashdan ozod etiladi.

Ammo, loyihada bunday tovarlarni olib kirishda bojxona imtiyozlarini qo‘llash tartibi keltirilmagan. Bu esa, amaliyotda turli noaniqliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

Shu sababli, loyiha ilovasida ushbu tartibni ham keltirib o‘tish zarur.

SSP Axborot-xizmati 

 

 

 

18.11.2020

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06