10.01.22

HUNARMANDLAR IMTIYOZLI KREDITLAR VA SUBSIDIYALAR OLADILAR

13.12.21

Diqqat, Savdo-sanoat palatasi malaka oshirish masalalari bo’yicha onlayn so’rovnoma o’tkazmoqda

7.12.21

“Farg‘ona vodiysida fermerlarini iqlim o‘zgarishi xatarlariga moslashuvi va barqarorligini oshirish” loyihasining Muvofiqlashtiruvchi kengashining yakuniy yig‘ilishini o‘tkazildi

22.11.21

SERTIFIKATLASH LOZIM BOʻLGAN MAHSULOTLAR ROʻYХATI QISQARTIRILDI

8.11.21

"Brendingiz davlat himoyasida” mavzusida davra suxbati va master-klaass tashkil etilidi.

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Pskent tumanida Afg‘oniston bilan hamkorlikda za'faron o‘simligi yetishtirilishi yo‘lga qo‘yildi

Endilikda safsarguldoshlar oilasiga mansub tuganak piyozli o‘simlik Piskent tumanida ham yetishtirilmoqda. «Turon Bizness Limited» mas'uliyati cheklangan jamiyati jahon bozorida yuqori baholanadigan za'faron (shafran) o‘simligini yetishtirish faoliyatini yo‘lga qo‘ygan.

Tuman hokimligining tegishli qaroriga ko‘ra, 2018 yilda mazkur korxonaga shafran dorivor o‘simligini yetishtirish uchun 14,2 gektar yer maydoni ajratilgan. Loyihaga ko‘ra 2019 yilda mazkur o‘simlik urug‘i Afg‘oniston davlatidan tajriba tariqasida O‘zbekiston hududiga olib kelingan. Hozirgi kunda hududdagi 4 gektar yer maydonda mazkur o‘simlik yetishtirib kelinmoqda. Afg‘oniston bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan mazkur loyihaning umumiy qiymati 1 million 400 ming dollarni tashkil etgan hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiya kiritilishi hisobiga amalga oshirilmoqda.

Faqatgina qo‘l mehnatini talab qiladigan bu o‘simlik oktyabr'-noyabr' oylarida ochiladi. Hozir uning ayni gullagan payti.

Har gektaridan 2 kg (1 kg. – 8-10 ming AQSh dollari bahosida) hosil olinib, tadbirkor tomonidan Turkiya va Eronga eksport qilish uchun shartnomalar imzolangan. O‘simlik yetishtirish hajmi ortgach, ushbu dorivor o‘simlikni Eron, Pokiston, Armaniston, Germaniya va Saudiya Arabistoni davlatlariga eksport qilish rejalashtirilgan. Ushbu loyihada 40 ta doimiy ish o‘rni yaratilgan. Loyiha hajmi kengaytirilgach, korxonada qo‘shimcha 200 ta mavsumiy ish o‘rni tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

SSP Axborot-xizmati 

17.11.2020

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06