25.10.21

AYRIM TURDAGI MEVALAR BOJХONA BOJIDAN OZOD QILINDI

18.10.21

Bekobod shahrida "Yoshlar 1+1" dasturi doirasida yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratish yuzasidan ishlar surati jadal ketmoqda.

18.10.21

Sirdaryoda tadbirkorlarning muammolariga “mijozbay” tizimi orqali amaliy yordam koʼrsatilmoqda

18.10.21

Yakkasaroy tumanida oʼquv kurslarining navbatdagi bosqichi boshlandi

18.10.21

Nurafshon shahrida kichik sanoat zonasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyati oʼrganildi.

6.10.21 - 8.10.21

To'qimachilik va moda sanoati

6.10.21 - 8.10.21

To'qimachilik uskunalari va texnologiyalari

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Qarshi shahrida muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar va yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 31 oktyabr kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Yoshlar ishlari Agentligi, “Hunarmand” uyushmasi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar dasturi imzolangan bo‘lib, unga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 2 tadan tuman (shahar)lar belgilab olingandi. Tanlab olingan tumanlarda namunaviy tarzda yoshlar bilan ishlash, ularning qiziqishlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida o‘z mehnati, irodasi bilan katta yutuqlarga erishgan tadbirkorlar hamda hunarmandlar bilan uchrashuvlar tashkil etish belgilangan edi.

2020 yilning 10 noyabr kuni Qarshi shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev raisligida joriy yilning 8 oktabr kuni jamiyatda ayollar va yoshlarning rolini oshirish hamda bandligini ta'minlash yuzasidan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalarning ijrosini to‘laqonli va sifatli amalga oshirish yuzasidan muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlik subyektlari va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

.

Uchrashuvda Savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikramov, “Hunarmand” uyushmasi raisi U.Abdullayev, shuningdek Qashqadaryo viloyatining muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlik subyektlari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda yoshlar va xotin-qizlarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarga tayyorlashni tizimli yo‘lga qo‘yish, ularni tadbirkorlik va hunarmandchilikka faol jalb qilish, munosib ish topishiga ko‘maklashish borasida davra suhbati, yoshlarga kuchli motivatsiya berish bo‘yicha tajribali tadbirkorlar va hunarmandlar yoshlarga o‘z tajribalari yuzasidan master klasslar o‘tab berishdi.

Yuqori natijalarga erishgan tadbirkorlik subyektlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan va tadbirkorlik yoki hunarmandchilik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yoshlar ro‘yxati shakllantirilib, ularning “Muvaffaqiyatga erishish sirlari” loyihasi doirasida yoshlar bilan uchrashuvlari grafigiga asosan yoshlar va xotin-qizlarga kuchli motivasiya berish tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Bunday uchrashuvlar bugun Qarshi shahrida boshlandi va viloyatning barcha tumanlarida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

SSP Axborot-xizmati 

11.11.2020

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06