22.11.21

SERTIFIKATLASH LOZIM BOʻLGAN MAHSULOTLAR ROʻYХATI QISQARTIRILDI

8.11.21

"Brendingiz davlat himoyasida” mavzusida davra suxbati va master-klaass tashkil etilidi.

27.10.21

82 TURDAGI ХOM ASHYO VA YARIM TAYYOR MAHSULOTLAR IMPORT BOJХONA BOJIDAN OZOD QILINDI

25.10.21

AYRIM TURDAGI MEVALAR BOJХONA BOJIDAN OZOD QILINDI

18.10.21

Bekobod shahrida "Yoshlar 1+1" dasturi doirasida yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratish yuzasidan ishlar surati jadal ketmoqda.

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Qishloq xo‘jaligida ilg‘or texnologiyalarni tatbiq qilish bo‘yicha tajribamiz bilan o‘rtoqlashamiz

BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska хonim o‘tgan hafta Farg‘ona vodiysiga bo‘lib o‘tgan 3 kunlik rasmiy tashrifi davomida Savdo-sanoat palatasi va BMTTD hamkorligida, hamda Rossiya Federatsiyasining moliyaviy ko`magi ostida amalga oshirilayotgan «Farg‘ona vodiysida fermerlarni iqlim o‘zgarishi xavf-xatarlariga moslashuvchanligini va barqarorligini oshirish» loyihasi doirasida o‘rnatilgan agrometeorologik stansiyalardan biriga tashrif buyurdi.

Farg‘ona viloyati Quva tumanidagi “Tomorqa yer uchastkalarini rivojlantirish ilmiy-amaliy markazi”ga tashrifi davomida Dimovska xonim markaz xodimlari hamda viloyat va tumanning o‘simliklar karantini inspeksiyalari vakillari, fermerlari bilan uchrashdi. Uchrashuv mobaynida ular ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish tufayli ishlarning samaradorligining o‘sishi, xususan, meva-sabzavotlarni yetishtirishda agrometeostansiyani qo‘llanilishi to‘g‘risida gaplashdilar. Bugungi kunda ushbu markaz hududida o‘rnatilgan agrometeorologik stansiya ma’lumotlaridan muntazam ravishda 40 ga yaqin fermerlar o‘z faoliyatlarida foydalanmoqdalar. O‘simliklar karantini inspeksiyasi mutaxassislari yordamida fermerlar nafaqat ob-havo va mazkur xududdagi zararkunandalar va kasalliklarning tarqalish xavfi haqidagi ma’lumotlarni, balki ularni oldini olish va qarshi kurashishda o‘z vaqtida malakali yordam oladilar. Meteorologik stantsiyani o‘rnatish va ishga tushirishdan oldin, loyiha tomonidan karantin inspeksiyasining mutaxassislari, fermerlar va tomorqa yer uchastkalari egalari uchun bir qator treninglar o‘tkazilgan bo‘lib, unda ishtirokchilar agrometeorologik stansiyaning vazifasi va xususiyatlari, prognozlash va profilaktika choralarining rollari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lganlar.

Agrometeorologik stansiyani mazkur markazga o‘rnatilishi bejiz bo‘lmagan, chunki bu yerda qishloq xo‘jaligi ekinlarini yil davomida yetishtirish uchun barcha sharoitlar bo‘lib, bu yerda subtropik va mahalliy daraxtlarni o‘z ichiga olgan 70 dan ortiq mevali daraxtlar mavjud. Olingan hosil Rossiya, Turkiya, Ukraina va boshqa mamlakatlarga eksport qilinadi. Bundan tashqari bu yerda noyob dekorativ daraxtlar ham o‘stiriladi. Markazda yiliga 1,0 million donaga yaqin turli xil mevali va manzarali daraxtlar etishtiriladi.

Umuman olganda, Dimovska xonim amalga oshirilgan ishlarni ijobiy baholadi, shuningdek kelajakda hamkorlik shunaqa yuqori darajada saqlanib qolishinishiga va yanada yuksak natijalarini berishiga umid bildirdi.

SSP Axborot-xizmati 

03.11.2020

14:52

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06